← Barcha ish oʻrinlari · Navoiy viloyatida ish oʻrinlari
Tuman hokimining ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi
Vazifalar
Lavozim yo'riqnomasiga asosan.
Talablar
Maslahatchi lavozimiga nomzodlarni tanlab olishda filolog (o‘zbek tili) va jurnalistika mutaxassisligi bo‘yicha oliy ma’lumotli hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi va uning hududiy bo‘linmalarida tashkil etilgan o‘quv kursini muvaffaqiyatli tamomlab, tegishli sertifikat olgan, yetarli bilim va tajribaga ega nomzodlarga ustuvorlik beriladi (07.08.2026 y. VMQ-437-son qaror).
Xorijiy tillarni bilishiga ustunlik beriladi.
AKT sohasini bazaviy bilishi, axborot xavfsizligi va Microsoft Word, Excel, Power point dasturlarida hamda internetda ishlay olishi lozim.
Mamlakatda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni chuqur anglashi va tahlil qila bilishi, mustaqil va teran fikrlay olishi, vaziyatdan kelib chiqqan holda tezkor va adolatli qaror qabul qila olish qobiliyatiga ega bo‘lishi, odob-ahloq, etika-estetika, muomala madaniyati va tartib-intizom normalariga rioya qilishi, ma’nan va jismonan sog‘lom bo‘lishi hamda oxirgi uch yil davomida davlat organlari va tashkilotlaridan salbiy sabablarga ko‘ra belgilangan tartibda bo‘shatilmagan bo‘lishi lozim.
Ish sharoiti
Ish kunlari: Dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha. Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha. Dam olish kunlari: Shanba, yakshanba.
vacancy.gov.uz da topshirish →Ariza vacancy.gov.uz portalida, OneID (id.egov.uz) orqali kirib topshiriladi. Portalda lavozim nomini qidiring.
Manba: vacancy.gov.uz, davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali. Eʼlon matni portaldagidek.