← Barcha ish oʻrinlari · Navoiy viloyatida ish oʻrinlari
"Tomdibuloq" ovul fuqarolar yig‘ini xotin-qizlar faoli
Vazifalar
Ichki ishlar organlari bilan birgalikda notinch, noqobil oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish borasida aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish; Ta’lim muassasalarida o‘quvchi qizlarning tarbiyasi va ularning ongida oilaviy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini mustahkamlash, oilaviy hayotga tayyorlash tadbirlarini ta’sirchan usullarda tashkil etish; Mahalla hududidagi korxona, tashkilot va muassasalarda boshlang‘ich xotin-qizlar tashkiloti faoliyatini samarali tashkil etish va ularni o‘z atrofiga jipslashtirish; O‘rnatilgan lavozim yo‘riqnomasi talablarini bajarish.
Talablar
Xotin-qizlar faoli lavozimiga nomzodlar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lishi, qoida tariqasida, oliy ma’lumotga ega bo‘lishi, oilasi, turmushtarzi, xulq-odobiga ko‘ra ijobiy tavsiflanadigan, xotin-qizlar yo‘nalishi doirasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlardan xabardor, sohaga oid meyoriy -huquqiy hujjatlarni biladigan, mahalladagi xotin-qizlarning muammolari yuzasidan hokimlik, sektorlar va jamoatchilikka takliflar kiritish salohiyatiga ega bo‘lishi, shuningdek hayotiy tajriba va aholi o‘rtasida obro‘-e’tiborga hamda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi kerak. (Mehnat shartnomasi muayyan muddatga tuziladi.)
Ish sharoiti
dushanba-juma
vacancy.gov.uz da topshirish →Ariza vacancy.gov.uz portalida, OneID (id.egov.uz) orqali kirib topshiriladi. Portalda lavozim nomini qidiring.
Manba: vacancy.gov.uz, davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali. Eʼlon matni portaldagidek.