← Barcha ish oʻrinlari · Fargʻona viloyatida ish oʻrinlari
Farg‘ona tumani Qurilish maxalla fuqarolar yig‘ini hokim yordamchisi
Vazifalar
Lavozim yo‘riqnomasi talablarini bajarish.
Talablar
1.Bakalavr darajasidagi oliy ma’lumotga (Iqtisodiyot, moliya, soliq, menejment, bank ishi, buxgalteriya, biznes boshqaruvi va boshqa iqtisodiy sohalarida mutaxassis) ega bo‘lishi lozim.
Tadbirkorlik faoliyatida (ta’sischi yoki mazkur tadbirkorlik faoliyatini boshqargan) yuqori natijalarga erishgan, intiluvchan, qobiliyatli, sohada 5 yildan ortiq tajribaga ega tadbirkorlar, faol yoshlar, istisno tariqasida oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan fuqarolar ham ishga qabul qilinishi mumkin.
2.
Kamida 3 yil ish tajribaga ega bo‘lgan, Investitsiyalar, sanoat va savdo, Iqtisodiyot va moliya, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirliklarida, tijorat banklari, iqtisodiy va investitsiya komplekslariga kiruvchi boshqa idoralar, ularning hududiy bo‘linmalarida bo‘lim (sho‘ba) boshlig‘idan past bo‘lmagan lavozimda ishlagan rahbar xodimlar, shuningdek, mahalliy hokimliklarda rahbar bo‘lib ishlagan nomzodlar qabul qilinadi.
3.
Microsoft Office dasturi (Word, Excel,Power Paint va h.k), zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmog‘ida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash bo‘yicha yetarli ko‘nikmaga ega bo‘lishi lozim.
4.
Nomzodlarni baholashda quyidagilarga afzalliklar beriladi: Hududlarda iqtisodiy o‘sish omillarini tahlil qilish hamda ijtimoiy- iqtisodiy strategik dasturlarni ishlab chiqish, investitsiyalarni jalb etish va yuritish siyosati, islohotlarni muvofiqlashtirish va boshqarish tajribasiga ega bo‘lgan nomzodlar.
Chet tilini bilishi (xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lgan yoki xorijiy mamlakatlarda oliy ta’limni bitirgan nomzodlar).
5.
O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 8 avgustdagi "Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida"gi 788-son qonunning 28-moddasida keltirilgan talablar.
Talab etiladigan ish staji – 3 yil
Ish sharoiti
dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Ish vaqti soat 09-00 dan 18-00 gacha
vacancy.gov.uz da topshirish →Ariza vacancy.gov.uz portalida, OneID (id.egov.uz) orqali kirib topshiriladi. Portalda lavozim nomini qidiring.
Manba: vacancy.gov.uz, davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali. Eʼlon matni portaldagidek.