← Barcha ish oʻrinlari · Surxondaryo viloyatida ish oʻrinlari
Bo‘lim boshlig‘i
Vazifalar
Lavozimlar bo‘yicha xizmat majburiyatlari
Tuman (shahar) adliya bo‘limi boshlig‘i Vazirlik bilan kelishgandan so‘ng hududiy adliya organi rahbarining buyrug‘iga asosan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Tuman (shahar) adliya bo‘limi boshlig‘i tuzilmaviy bo‘ysunuv asosida hududiy adliya organi rahbarining birinchi o‘rinbosari va rahbariga bo‘ysunadi.
Tuman (shahar) adliya bo‘limi boshlig‘i ish joyida bo‘lmaganda (mehnat ta’tili, xizmat safari, mehnatga layoqatsizligi tufayli va boshqa sabablarga ko‘ra) yoki ushbu lavozim vakant bo‘lganda, uning xizmat vazifalari hududiy adliya organi rahbari o‘rinbosari tomonidan belgilanadigan boshqa xodimga hududiy adliya organi rahbari buyrug‘iga asosan vaqtincha yuklatilishi mumkin.
Xizmat majburiyatlari:
1. bo‘lim, shuningdek, tuman YXKM, DXM, FHDY organlari faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi;
2. xodimlar tomonidan Odob-axloq qoidalari talablariga, mehnat va ijro intizomiga rioya etilishini monitoring qiladi;
3. bo‘limdan chiqadigan hujjatlarga vakolati doirasida imzo qo‘yadi;
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoni va qarori (jumladan, 11.04.2017-y. PQ–2881-son qarori, 13.04.2018-y. PQ–3666-son qarori, 25.01.2023-y. PF–14-son Farmoni, 24.05.2024-y. PF–80-son Farmoni), Vazirlar Mahkamasining qarori va boshqa qonun hujjatlari, shuningdek Vazirlik hujjatlari bilan ushbu bo‘limga yuklangan vazifalar va topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlaydi;
5. bo‘lim faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlarga erishishni so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va qabul qiladi;
6. Vazirlik va hududiy adliya organi hay’atlari qarorlari, Vazirlik rahbariyati buyruqlari (jumladan, adliya vazirining 24.02.2020-y.dagi 42-um-son “Adliya vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatini belgilash to‘g‘risida”gi, 43-um-son “Adliya vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi, 44-um-son “Adliya vazirligi tizimida manfaatlar to‘qnashuvini boshqarishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi va 45-um-son “Adliya vazirligi tizimida korrupsiyaviy xavf xatarlarni aniqlash, bartaraf etish, monitoring qilish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha o‘qitish ishlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi buyruqlari) hamda topshiriqlari, hududiy adliya organi rahbariyati buyruqlari hamda topshiriqlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlaydi;
7. bo‘lim faoliyati sohasiga kiradigan masalalar yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlari va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar bilan hamkorlik qiladi;
8. bo‘lim xodimlarining vakolatlarini, ularning shaxsiy javobgarligi darajasini belgilaydi;
9. bo‘lim faoliyatini rejalashtiradi, bo‘limning har choraklik ish rejalarini hududiy adliya organi bilan kelishilgan holda tasdiqlaydi, ularning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi;
10. bo‘limda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish masalalarida hududiy adliya organlariga takliflar kiritadi, ularning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi, hududiy tuzilma kadrlar zaxirasini shakllantiradi;
11. bo‘limning bo‘sh lavozimlariga taklif etilgan kadrlarning professionalligi, o‘z ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishchanlik va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlaydi;
12. bo‘lim xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qiladi, yig‘ilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitadi, ularning yakunlari bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘radi;
13. bo‘lim faoliyatiga oid masalalar bo‘yicha qonun hujjatlarini takomillashtirish, shuningdek davlat xizmatlari samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanishni oshirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi hamda ularni ko‘rib chiqish uchun hududiy adliya organi rahbariyatiga kiritadi;
14. aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yadi, muntazam ravishda shaxsiy, shu jumladan sayyor qabullar o‘tkazadi;
15. bo‘lim xodimlari lavozim maoshiga mukofotlar, ustamalar to‘lash, ularga moddiy yordam berish, ularni mukofotlash, rag‘batlantirish va ularga intizomiy chora qo‘llash, ularni davlat mukofotlari va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash to‘g‘risida hududiy adliya organi rahbariyatiga takliflar kiritadi;
16. huquqiy targ‘ibotni amalga oshiradi, o‘z faoliyati sohasini rivojlantirish, muammoli masalalarni hal qilish bo‘yicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarni tasdiqlaydi va o‘z hududida samarali amalga oshirilishi uchun javob beradi;
a) hokimga hamda davlat organlari va tashkilotlarining tumanlar (shaharlar) tuzilmalariga qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni qo‘llash masalalari bo‘yicha maslahatlar berish sohasida:
17. qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosini tashkillashtirish masalalari bo‘yicha hokimlarga hamda davlat organlari va tashkilotlarining tumanlar (shaharlar) tuzilmalariga tushuntirishlar beradi va zarur ko‘makni amalga oshiradi;
18. davlat organlari va tashkilotlarining tuman (shahar) tuzilmalarini zarur normativ-huquqiy hujjatlar bilan ta’minlaydi, qonun hujjatlarini qo‘llash bo‘yicha tushuntirishlar beradi va tegishli axborot-tahliliy materiallarning o‘z vaqtida yetkazilishini ta’minlaydi;
b) fuqarolarning kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarni tahlil qilib borish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi qonun hujjatlari takomillashtirilishini ta’minlash sohasida:
19. kundalik hayotida uchraydigan fuqarolarning huquqiy muammolarni aniqlash maqsadida o‘rganish, monitoring va so‘rovnoma kabi nazorat tadbirlarini amalga oshiradi;
20. o‘tkazilgan nazorat tadbirlari, shuningdek fuqarolarning murojaatlari natijalari orqali aholini qiynab kelayotgan muammolarni vujudga kelish sabablarini tahlil qiladi;
21. tahlil natijalariga ko‘ra aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
v) tuman (shahar) hokimi va xalq deputatlari Kengashlarining normativ-huquqiy tusdagi qarorlarini qonun hujjatlariga, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalariga muvofiqligi nuqtai nazaridan huquqiy ekspertizadan o‘tkazish sohasida;
22. tuman (shahar) hokimi va xalq deputatlari Kengashlarining norma ijodkorligi faoliyatining monitoringi va tahlilini amalga oshiradi;
23. tuman (shahar) hokimi va xalq deputatlari Kengashlari qarorlarini tayyorlash va qabul qilish zaruriyati masalalari bo‘yicha oldindan kelishuvni amalga oshiradi;
24. tuman (shahar) hokimi va xalq deputatlari Kengashlarining normativ tusdagi qarorlari loyihalarining qonunchilikka, xalqaro shartnomalar normalariga, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalariga, qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqligini, ularni korrupsiyaga, boshqa huquqbuzarliklarni sodir etishga shart-sharoit yaratuvchi, shuningdek jismoniy va yuridik sh
Talablar
1.Yurisprudensiya yoki Davlat va jamiyat boshqaruvi mutaxassisliklari bo‘yicha bakalavr darajasiga ega bo‘lish kerak. 2. Mutaxassislik bo‘yicha 4 yil ish stajiga ega bo‘lish kerak 3.Vazirlik tizimida boshqaruv lavozimlarida kamida 2 yil ish staji ega bo‘lish kerak
Ish sharoiti
Dushanba - Juma soat 09-00 dan 18-00 ga qadar. Tushlik 13-00 dan 14-00 ga qadar
vacancy.gov.uz da topshirish →Ariza vacancy.gov.uz portalida, OneID (id.egov.uz) orqali kirib topshiriladi. Portalda lavozim nomini qidiring.
Manba: vacancy.gov.uz, davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali. Eʼlon matni portaldagidek.