← Barcha ish oʻrinlari · Toshkent viloyatida ish oʻrinlari
Patronaj hamshira
Vazifalar
Profilaktik ko'riklar: Biriktirilgan hududdagi aholi (homiladorlar, bolalar, keksalar va surunkali kasalligi bor bemorlar) xonadonlariga o'z vaqtida tashrif buyurish va patronaj nazoratini olib borish.
Tibbiy ko'mak: Bolalar va homilador ayollarni erta aniqlash, ularning sog'lig'i holatini kuzatib borish va oilaviy shifokor ko'rsatmalarini bajarish.
Targ'ibot ishlari: Aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzi, to'g'ri ovqatlanish, shaxsiy gigiena, emlashning ahamiyati va yuqumli kasalliklarning oldini olish bo'yicha tushuntirish va targ'ibot ishlarini olib borish.
Hisobot va hujjatlar: O'ziga biriktirilgan hududdagi aholining salomatlik ko'rsatkichlarini hisobga olish, tibbiy hujjatlar va jurnallarni o'z vaqtida va to'g'ri yuritish.
Emlov ishlari: Emlash yoshidagi bolalarni vaqtida emlashga jalb qilish ishlarida ishtirok etish.
Talablar
Ma'lumoti: O'rta maxsus tibbiy ma'lumot (hamshirali ishi, umumiy amaliyot hamshirasi yoki patronaj hamshirasi mutaxassisligi bo'yicha).
Ish staji: Tibbiyot sohasida ma'lum ish tajribasiga ega bo'lishi maqsadga muvofiq
Ish sharoiti
Dushanba-Juma 8:00-15:00
vacancy.gov.uz da topshirish →Ariza vacancy.gov.uz portalida, OneID (id.egov.uz) orqali kirib topshiriladi. Portalda lavozim nomini qidiring.
Manba: vacancy.gov.uz, davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali. Eʼlon matni portaldagidek.