← Barcha ish oʻrinlari · Toshkent viloyatida ish oʻrinlari
Mаdаniyat MFY Yoshlаr yetаkchisi
Vazifalar
Quyidagilar Yetakchining asosiy majburiyatlari hisoblanadi: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari, Yoshlar ishlari agentligi Hay’ati va rahbariyatining normativ-huquqiy hujjatlari, buyruq va farmoyishlari topshiriqlari va ko‘rsatmalari, shuningdek m ahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining normativ-huquqiy hujjatlari bilan o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish; mahallada yoshlar o‘rtasida shakllanayotgan salbiy holatlar (sodir etilishi rejalashtirilayotgan jinoyatlar, huquqbuzarliklar va boshqalar) yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlariga o ‘z vaqtida xabar berish
Talablar
O'zbekiston Respublikasi fuqorosi bo'lishi, 35 yoshdan oshmagan, Oliy ma'lumotli, Harbiy xizmatga borgan ( bir oylik hamda bir yillik), Mazkur lavozimga zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmog'ida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash bo'yicha yetarli ko'nikmaga ega bo'lishi, yoshlar bilan ishlash tajribasiga ega, yoshlarga shaxsiy fazilati, fidoyili, sadoqatliligi va Vatanparvarligi bilan namuna ko'rsatgan xolda o'z ortidan yoshlarni ergash tira oladigan shaxslar.Vakansiya e'lon qilingan mahalla xududida istiqomat qilishi yoki yon mahallada istiqomat qilishi kerak
Ish sharoiti
Dushanba, Seshanba, Chorshanba, Payshanba, Juma ish vaqti soat 9:00dan 18:00 ga qadar
vacancy.gov.uz da topshirish →Ariza vacancy.gov.uz portalida, OneID (id.egov.uz) orqali kirib topshiriladi. Portalda lavozim nomini qidiring.
Manba: vacancy.gov.uz, davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali. Eʼlon matni portaldagidek.