← Barcha ish oʻrinlari · Andijon viloyatida ish oʻrinlari
Akusher ginekolog
Vazifalar
Ayollarni akusherlik va ginekologik kasalliklar bo‘yicha tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish. Bemorlarning shikoyatlari, kasallik tarixi va akusherlik-ginekologik anamnezini yig‘ish. Homilador ayollarni belgilangan tartibda antenatal kuzatuvga olish. Homiladorlik muddatini aniqlash va homilaning rivojlanishini baholash. Homilador ayollarning umumiy ahvolini, arterial qon bosimini, tana vaznini va boshqa muhim ko‘rsatkichlarini nazorat qilish. Homiladorlik davrida xavf omillari va patologik holatlarni o‘z vaqtida aniqlash. Homilador ayollarni zarur laborator va instrumental tekshiruvlarga yuborish. Tekshiruv natijalarini tahlil qilish va klinik baholash. Homiladorlik davrida aniqlangan kasalliklar va asoratlarni davolash bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish. Fiziologik tug‘ruq jarayonini tibbiy ko‘rsatmalar va klinik protokollarga muvofiq olib borish. Tug‘ruq jarayonida ona va homilaning holatini muntazam kuzatish. Tug‘ruq faoliyatining kechishini baholash va patologik o‘zgarishlarni aniqlash. Zarur hollarda shoshilinch akusherlik yordamini ko‘rsatish. Akusherlik qon ketishlari, preeklampsiya, eklampsiya va boshqa xavfli holatlarda tezkor tibbiy yordam ko‘rsatish. Operativ tug‘ruq zaruratini aniqlash va tegishli mutaxassislar bilan birgalikda amalga oshirishni tashkil etish. Tug‘ruqdan keyingi davrda ayolning umumiy ahvolini kuzatish. Tug‘ruqdan keyingi qon ketishlar, infeksion asoratlar va boshqa patologik holatlarning oldini olish hamda ularni aniqlash. Ginekologik kasalliklarni aniqlash, tashxis qo‘yish va davolash. Hayz sikli buzilishlari, yallig‘lanish kasalliklari va reproduktiv tizim patologiyalarini davolash. Bepushtlik va reproduktiv salomatlik bilan bog‘liq muammolar bo‘yicha maslahat berish. Oilani rejalashtirish va kontratseptsiya usullari bo‘yicha ayollarga tushuntirish ishlari olib borish. Profilaktik ginekologik ko‘riklarni tashkil etish va amalga oshirish. Bachadon bo‘yni va boshqa reproduktiv a'zolar kasalliklarini erta aniqlash bo‘yicha skrining tadbirlarida ishtirok etish. Zarur hollarda boshqa mutaxassis shifokorlarni konsultatsiyaga jalb qilish. Bemorlarni statsionar davolanishga yoki ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasasiga yuborish zaruratini aniqlash. Ayollarga homiladorlik, tug‘ruq, tug‘ruqdan keyingi davr va reproduktiv salomatlik bo‘yicha tibbiy maslahatlar berish. Tibbiy ko‘rsatmalar asosida dori vositalarini tayinlash va davolash natijalarini nazorat qilish. Tibbiy hujjatlarni to‘liq, aniq va o‘z vaqtida yuritish.
Bemorlarning tibbiy siri va shaxsiy ma'lumotlarini saqlash. Aseptika, antiseptika va sanitariya-epidemiologik talablariga rioya qilish. O‘rta tibbiyot xodimlarining faoliyatini o‘z vakolati doirasida muvofiqlashtirish. Tibbiy etika va deontologiya qoidalariga rioya qilish. O‘z kasbiy bilim va malakasini muntazam oshirib borish. Mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi va yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilish. Tibbiyot muassasasi rahbariyatining qonuniy buyruq va topshiriqlarini bajarish.
Talablar
«Davolash ishi» yoki amaldagi ta'lim va malaka talablariga muvofiq tegishli oliy tibbiy ma'lumotga ega bo‘lishi. «Akusherlik va ginekologiya» mutaxassisligi bo‘yicha klinik ordinatura yoki qonunchilikda belgilangan boshqa tegishli kasbiy tayyorgarlikdan o‘tgan bo‘lishi. Mutaxassisligi bo‘yicha tegishli diplom va malaka hujjatlariga ega bo‘lishi. Amaldagi tartibda belgilangan malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslaridan o‘tib borishi.
Ish sharoiti
Dushanba, seshanba,chorshanba, payshanba,juma kunlari
vacancy.gov.uz da topshirish →Ariza vacancy.gov.uz portalida, OneID (id.egov.uz) orqali kirib topshiriladi. Portalda lavozim nomini qidiring.
Manba: vacancy.gov.uz, davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali. Eʼlon matni portaldagidek.