← Barcha ish oʻrinlari · Xorazm viloyatida ish oʻrinlari
"Yosh kuch" mahallasi yoshlar yetakchisi
Vazifalar
O‘rnatilgan lavozim yo‘riqnomasi talablarini bajarish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maʼruzalari va chiqishlarida ko‘tarilgan dolzarb masalalarning mazmun-mohiyatini, Agentlikning vazifalari va faoliyat ko‘rsatkichlari haqida doimiy ravishda xabardor bo‘lishi, odob-axloq qoidalariga so‘zsiz rioya qilishi; xizmat faoliyati davomida turli soha mutaxassislari, ekspertlar va jamoatchilik vakillari bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi zarur.
Talablar
Oliy ma’lumotiga ega bo‘lishi. Microsoft Office dasturi (Word, Excel, Power Point va h.k), zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmog‘ida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash bo‘yicha yetarli ko‘nikmaga ega bo‘lishi lozim. Nomzodlarni baholashda beriladigan afzalliklar - Yetakchi lavozimiga nomzodlarni tanlashda muddatli harbiy xizmatni o‘tagan, mahalla hududida istiqomat qiladigan, yoshlar bilan ishlash tajribasiga ega, yoshlarga shaxsiy fazilati, fidoiyligi, sadoqati va vatanparvarligi bilan namuna ko‘rsatgan holda o‘z ortidan ergashtira oladigan nomzodlarga afzalliklar beriladi.Yoshi 35 yoshdan oshmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi.
Ish sharoiti
Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha. Dam olish kunlari: shanba, yakshanba.
vacancy.gov.uz da topshirish →Ariza vacancy.gov.uz portalida, OneID (id.egov.uz) orqali kirib topshiriladi. Portalda lavozim nomini qidiring.
Manba: vacancy.gov.uz, davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali. Eʼlon matni portaldagidek.