← Barcha ish oʻrinlari · Xorazm viloyatida ish oʻrinlari
Davlat soliq bosh inspektori
Vazifalar
- ish faoliyatiga yangilik va innovatsion g‘oyalarni tatbiq etish; - soliq tekshiruvlarini xolislik, halollik va mahfiylik prinsipi asosida olib borish; - moliyaviy hisobotlarni qonun hujjatlariga mosligini aniqlash; - davlat budjetiga tushumlarni oshirishga o‘z hissasini qo‘shish.
Talablar
Tanlovda ta’lim sohasining iqtisod tarmog‘i mutaxassisligi bo‘yicha oliy ma’lumotli nomzodlar ishtirok etishi mumkin. Shuningdek: O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan; jinoyat sodir etganligi uchun ilgari sudlangan fuqarolar ularga nisbatan jazo qo‘llanilganligidan, sudlanganlik holati tugallanganligidan yoki olib tashlanganligidan va amnistiya akti qo‘llanilganligidan qat’i nazar (ehtiyotsizlik orqasida, shu jumladan, mansab mavqeini suiiste’mol qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jinoyat sodir etganligi uchun sudlangan fuqarolar bundan mustasno); belgilangan tartibda huquqiy layoqatsiz yoki huquqiy layoqati cheklangan deb e’tirof etilgan; mehnat haqidagi qonunlarga muvofiq ilgari ish beruvchining tashabbusi bilan davlat soliq xizmati organlaridan bo‘shatilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 161-moddasi ikkinchi qismining 1, 2 va 5-bandlari bo‘yicha bo‘shatilgan holatlar bundan mustasno), shuningdek, boshqa organ va tashkilotlardan obro‘sini to‘kadigan xatti-harakat sodir etganlik uchun bo‘shatilgan shaxslar qabul qilinmaydi.
Ish sharoiti
Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha. Dam olish kunlari: shanba, yakshanba.
vacancy.gov.uz da topshirish →Ariza vacancy.gov.uz portalida, OneID (id.egov.uz) orqali kirib topshiriladi. Portalda lavozim nomini qidiring.
Manba: vacancy.gov.uz, davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali. Eʼlon matni portaldagidek.