← Barcha ish oʻrinlari · Namangan viloyatida ish oʻrinlari
Kosonsoy tumani Shayxon mahallasi yoshlar yetakchisi
Vazifalar
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari, Yoshlar ishlari agentligi Hay’ati
va rahbariyatining normativ-huquqiy hujjatlari, buyruq va farmoyishlari topshiriqlari va ko‘rsatmalari, shuningdek mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining normativ-huquqiy hujjatlari bilan o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;
mahallada yoshlar o‘rtasida shakllanayotgan salbiy holatlar (sodir etilishi rejalashtirilayotgan jinoyatlar, huquqbuzarliklar va boshqalar) yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlariga o‘z vaqtida xabar berish;
ish beruvchining qonuniy topshiriqlarini bajarish;
ish tartibi, ichki mehnat intizomi, ijro intizomi, ichki tartib-qoidalari, ushbu yo‘riqnoma va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga amal qilish;
jamoa shartnomasi shartlariga rioya qilish;
Agentlik tizimiga (faoliyati bilan bog‘liq) aloqador tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda takliflar orqali ishtirok etish
va davlat tilida ish yuritish qoidalariga to‘liq rioya qilish;
faoliyatiga aloqador holda mehnat va ijro intizomi, bajarilgan ishlar yuzasidan hisobotlar berish;
faoliyatida foydalanish uchun berilgan tovar moddiy boyliklardan samarali va oqilona foydalanish;
faoliyatida foydalanish uchun ajratilgan moddiy-texnik anjomlar (planshet, kompyuter qurilmasi, mebel, kitob javoni, kiyim javoni va boshqalar), shuningdek, faoliyatga oid hujjatlar (nomenklatura hujjatlari, xatlov jarayonida to‘ldirilgan anketalar, “Yoshlar bandligi dasturi” va boshqalar)ni tuman (shahar) yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i hamda bosh buxgalteriga u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish jarayonida taqdim etadi. Yetakchiga ajratilgan moddiy-texnik anjomlar va faoliyatda yuritilgan hujjatlarni yo‘qotganligi, shikastlanganligi, nomenklatura hujjatlari to‘liq bo‘lmaganligi uchun yetakchi qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
8. Yetakchi “Yoshlar balansi”, “Yoshlar daftari” va “Yoshlar portali” elektron platformalariga kiritiladigan hamda u tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotlarning to‘g‘riligi, haqqoniyligiga mas’ul va javobgar hisoblanadi.
Talablar
Oliy ma’lumotli,
Microsoft Office dasturi (Word, Excel, Power Point va h.k), zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmog‘ida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash bo‘yicha yetarli ko‘nikmaga ega bo‘lishi;
35 (o‘ttiz besh) yoshdan oshmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;
davlat tilini bilishi lozim.
Yetakchi lavozimiga nomzodlarni tanlashda muddatli harbiy xizmatni o‘tagan, mahalla hududida istiqomat qiladigan, yoshlar bilan ishlash tajribasiga ega, yoshlarga shaxsiy fazilati, fidoyiligi, sadoqati va vatanparvarligi bilan namuna ko‘rsatgan holda o‘z ortidan ergashtira oladigan nomzodlarga afzalliklar beriladi.
Lavozimga muayyan muddatga tayinlanadi (yoshlar yetakchisi tug'ruq ta'tilidan qaytgunga qadar).
Ish sharoiti
09-00-dan 18-00 gacha
vacancy.gov.uz da topshirish →Ariza vacancy.gov.uz portalida, OneID (id.egov.uz) orqali kirib topshiriladi. Portalda lavozim nomini qidiring.
Manba: vacancy.gov.uz, davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali. Eʼlon matni portaldagidek.