← Barcha ish oʻrinlari · Xorazm viloyatida ish oʻrinlari
Qishloq xo‘jaligi sohasida davlat mehnat inspektori
Vazifalar
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga, mehnat shartnomalari shartlariga rioya etish, Davlat fuqarolik xizmati to'g'risidagi qonun, o‘rnatilgan lavozim yo‘riqnomasi, Ichki mehnat tartibi qoidalari, mehnat intizomi, Jamoa shartnomasi shartlari va ichki lokal hujjatlar (odob-axloq qoidalari, ma’muriy binoga kirish-chiqish, xorijga chiqish tartiblari, tashkilot va tuzilma nizomlari va boshqa qoidalar)ga rioya etish, belgilangan mehnat normalarini bajarish.
Talablar
Inspektor lavozimiga oliy muhandis va texnolog ma’lumotiga ega,yuqori malakali mutaxassislar tayinlanishi mumkin. Talabgorlarning malaka talablari, bilim va ko‘nikmalari teng bo‘lgan taqdirda ko‘p yillik ish stajiga ega bo‘lgan nomzodlarga ustunlik beriladi. Inspektor davlat tilini bilishi (xorijiy tillarni bilishi bo‘yicha milliy va xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lganda afzallik beriladi) lozim.
Ish sharoiti
Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Ish vaqti: 09: 00 dan 18: 00 gacha. Dam olish kunlari: shanba, yakshanba.
vacancy.gov.uz da topshirish →Ariza vacancy.gov.uz portalida, OneID (id.egov.uz) orqali kirib topshiriladi. Portalda lavozim nomini qidiring.
Manba: vacancy.gov.uz, davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali. Eʼlon matni portaldagidek.