← Barcha ish oʻrinlari · Toshkent viloyatida ish oʻrinlari
bosh mutaxassis
Vazifalar
Quyidagilar Bosh mutaxassisning asosiy vazifalari hisoblanadi:
daromadlar boʻyicha — Davlat budjetiga kiritiladigan daromadlar prognoziga doir takliflar hamda davlat soliq inspeksiyalari, hokimliklarning boʻlimlari va davlat boshqaruvi organlarining boshqa tuman hamda shahar boʻlinmalari tomonidan maʼmuriy-hududiy birlik iqtisodiyotini rivojlantirishning makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognoziga muvofiq taqdim etiladigan boshqa axborot asosida;
tuman budjetidan ajratiladigan budjetlararo transfertlarning cheklangan miqdorlari asosida;
xarajatlar boʻyicha – hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning budjet soʻrovlari, shuningdek, hududiy budjetdan moliyalashtiriladigan ayrim tadbirlar uchun xarajatlarning prognoz qilinayotgan hajmi asosida ishlab chiqish;
mahalliy budjet loyihasini taqchillik bilan ishlab chiqishga yoʻl qoʻyilmasligini taʼminlash.
hokimliklar tegishli budjetlarni birinchi navbatda ish haqi hamda unga tenglashtirilgan toʻlovlar, oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmon vositalarini sotib olish, shuningdek, kommunal xizmatlar xarajatlarini nazarda tutgan holda shakllantirilishini taʼminlash.
hududiy hokimlik tomonidan jamoatchilik muhokamasiga joylashtirilishini tashkil etish;
ularning jamoatchilik muhokamasi yakunlari boʻyicha kelib tushgan asoslangan takliflar va fikr-mulohazalar asosida qayta koʻrib chiqiladi hamda tegishlicha xalq deputatlari tumanlar va shaharlar Kengashlariga kiritiladi;
Viloyat Kengashi qarori rasmiy eʼlon qilingandan soʻng tuman (shahar) mahalliy budjet toʻgʻrisidagi vakillik organi qarorini viloyat Kengashi qaroriga muvofiqlashtirilgan holda hokimlikka kiritish.
budjet miqdorlarini yetkazish;
tuman (shahar) budjeti tasdiqlanganidan keyin iqtisodiyot va moliya boʻlimlari tuman (shahar) budjetlaridan moliyalashtiriladigan hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar eʼtiboriga ular uchun nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablagʻlarning hajmlarini yetkazish;
xarajatlar smetalarini va shtat jadvallarini roʻyxatga olish:
amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan meʼyorlarga muvofiqligini tekshirgan holda hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning:
kelgusi moliya yilining birinchi choragi uchun roʻyxatdan oʻtkazilgan vaqtinchalik xarajatlar smetalarini tegishli dasturiy majmuasida shakllantirilishini va qabul qilinishini tashkil etish;
Talablar
Bosh mutaxassis lavozimiga iqtisodiyot sohasidagi yoʻnalishlar boʻyicha oliy maʼlumotga hamda ushbu yoʻnalishlarda kamida 1 (bir) yillik ish stajiga ega, mamlakatimiz ichki va tashqi siyosatida sodir boʻlayotgan yangiliklardan xabardor boʻlib boradigan, hududning iqtisodiy va moliyaviy holati boʻyicha yetarlicha maʼlumotga ega, sohaga oid meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni tushunadigan, yetarli bilimga ega Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari belgilangan tartibda tayinlanadi.
Ish sharoiti
Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Dam olish kunlari: shanba, yakshanba. Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha
vacancy.gov.uz da topshirish →Ariza vacancy.gov.uz portalida, OneID (id.egov.uz) orqali kirib topshiriladi. Portalda lavozim nomini qidiring.
Manba: vacancy.gov.uz, davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali. Eʼlon matni portaldagidek.