← Barcha ish oʻrinlari · Toshkent shahrida ish oʻrinlari
Янгиҳаёт тумани ҳокимининг “Йўлдош” маҳалла фуқаролар йиғинидаги тадбиркорликни ривожлантириш, аҳоли бандлигини таъминлаш ва камбағалликни қисқартириш масалалари бўйича ёрдамчиси вазифасини бажарувчи
Vazifalar
Shaxsiy talablar: kasbiy, ishbilarmonlik odob-ahloqi va hulq-atvor madaniyati, muomala va muzokara madaniyati, bajariladigan ish uchun javobgarlik, jamoada ishlash qobiliyatiga ega bo‘lish, mehnatsevarlik va o‘z vazifasiga ma’suliyat bilan yondashish.
Talablar
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
Iqtisodiyot, moliya, soliq yo‘nalishlarida bakalavr yoki magistr darajasiga ega bo‘lishi; iqtisodiyot, moliya yo‘nalishida kamida 3 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi; katta hajmdagi axborotni qisqa muddatlarda qayta ishlash, vazirliklar, idoralar va xorijiy tashkilotlar bilan doimiy aloqani ta’minlash, iqtisodiy va moliyaviy tahlil qilish, normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va ekspertiza qilish; O‘z faoliyati doirasida amalga oshiriladigan tadbirlarni o‘tkazish, amalga oshirilayotgan ishlarni monitoring qilish va tizimli muvofiqlashtirish, o‘zbek va rus tilllarini mukammal bilish, Microsoft Office dasturlarini bilish
Ish sharoiti
Dushanba-juma kunlari 9-00dan 18-00 gacha
vacancy.gov.uz da topshirish →Ariza vacancy.gov.uz portalida, OneID (id.egov.uz) orqali kirib topshiriladi. Portalda lavozim nomini qidiring.
Manba: vacancy.gov.uz, davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali. Eʼlon matni portaldagidek.