← Barcha ish oʻrinlari · Navoiy viloyatida ish oʻrinlari
Shalxar OFYda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi
Vazifalar
O‘rnatilgan lavozim yo‘riqnomasi talablarini bajarish.
Talablar
Bakalavr darajasidagi oliy ma’lumotga ega bo‘lishi lozim. Iqtisodiyot, moliya, soliq, menejment, bank ishi, buxgalteriya, biznes boshqaruvi va boshqa iqtisodiy sohalarida mutaxassis bo‘lishi lozim. Kamida 3 yil ish tajribasiga ega bo‘lgan, Investisiyalar, sanoat va savdo, Iqtisodiyot va moliya, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirliklarida, tijorat banklari, iqtisodiy va investisiya komplekslariga kiruvchi boshqa idoralar, ularning hududiy bo‘linmalarida bo‘lim (sho‘’ba) boshlig‘idan past bo‘lmagan lavozimda ishlagan rahbar xodimlar, shuningdek, mahalliy hokimliklarda rahbar bo‘lib ishlagan nomzodlar qabul qilinadi. Nomzodlarning intiluvchanligi, maqsadga yo‘nalganligi, qobiliyati, tajribasi kabilarni inobatga olgan holda rahbarlik lavozimida faoliyat yuritmayotgan xodimlar ham ishga qabul qilinishi mumkin. Microsoft Office dasturi (Word, Excel, Power Point va h.k), zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmog‘ida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash bo‘yicha yetarli ko‘nikmaga ega bo‘lishi lozim. Tadbirkorlik faoliyatida (ta’sischi yoki mazkur tadbirkorlik faoliyatini boshqargan) yuqori natijalarga erishgan, intiluvchan, qobiliyati, sohada 5 yildan ortiq tajribaga ega tadbirkorlar, faol yoshlar, istisno tariqasida oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan fuqarolar ham ishga qabul qilinishi mumkin. 2022-yil 8-avgustda qabul qilingan “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi 788-sonli O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 28-moddasida keltirilgan talablarga javob berishi.
Ish sharoiti
Dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Dam olish kunlari: Shanba, yakshanba. Ish vaqti: 08-00dan 18-00gacha. Tushlik vaqti: 12-00 dan 14-00 gacha
vacancy.gov.uz da topshirish →Ariza vacancy.gov.uz portalida, OneID (id.egov.uz) orqali kirib topshiriladi. Portalda lavozim nomini qidiring.
Manba: vacancy.gov.uz, davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali. Eʼlon matni portaldagidek.