← Barcha ish oʻrinlari · Andijon viloyatida ish oʻrinlari
"Sanoatchilar" mahalla fuqarolar yig‘inida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandiligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi
Vazifalar
O‘rnatilgan yo‘riqnoma talablarini bajarish
Talablar
Bakalavr darajasidagi oliy maʼlumotga (iqtisodiyot, moliya, soliq, menejment, bank ishi, buxgalteriya, biznes boshqaruvi va boshqa iqtisodiy sohalarida mutaxassis) ega boʻlishi lozim. Tadbirkorlik faoliyatida yuqori natijalarga erishgan, qobiliyatli, sohada 3 yildan ortiq tajribaga ega tadbirkorlar, istisno tariqasida oliy maʼlumotga ega boʻlmagan fuqarolar ham ishga qabul qilinishi mumkin. Iqtisodiyot va bank-moliya sohasida kamida 2 yillik ish tajribasiga ega boʻlgan, boshqarma va ularning hududiy boʻlinmalarida bosh mutaxassisdan past boʻlmagan lavozimda ishlagan xodimlar, shuningdek, mahalliy hokimliklarda ishlagan nomzodlar qabul qilinadi. Microsoft Office dasturi (Word, Excel, PowerPoint va h.k) bilan ishlash boʻyicha yetarli koʻnikmaga ega boʻlishi lozim. Davlat tilini mukammal (rus va ingliz tillaridan sertifikatiga ega boʻlgan nomzodlar ijobiy baholanadi) bilishi zarur. Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 28-moddasi uchinchi qismida belgilangan shaxslar davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilinishi mumkin emas.
Ish sharoiti
Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Dam olish kunlari: shanba, yakshanba. Ish vaqti: 09: 00 dan 18: 00 gacha
vacancy.gov.uz da topshirish →Ariza vacancy.gov.uz portalida, OneID (id.egov.uz) orqali kirib topshiriladi. Portalda lavozim nomini qidiring.
Manba: vacancy.gov.uz, davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali. Eʼlon matni portaldagidek.