← Barcha ish oʻrinlari · Toshkent viloyatida ish oʻrinlari
Hokim yordamchisi
Vazifalar
Lavozim yo‘riqnomasida belgilangan majburiyatlar
Talablar
Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi. Davlat tilini mukammal darajada bilishi (xorijiy tillardan birini yaxshi bilishi ustunlik beradi), rasmiy uslubda hujjat tayyorlash, nutqlar, axborot xabarlari va bayonotlar yoza olishi kerak. Microsoft Office dasturlarida (Word, Excel, Power Point va h.k), zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmog‘ida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash bo‘yicha yetarli ko‘nikmaga ega bo‘lishi. Jamoa bilan ishlay olish qobiliyati, ommaviy axborot vositalari bilan ishlash salohiyati, tahliliy fikrlash, tashabbuskorlik, savodxonlik, yozma va og‘zaki nutqni tahrirlash ko‘nikmalari, siyosiy, ijtimoiyiqtisodiy masalalardan xabardorlik. Zimmasiga yuklatilgan vazifalarni sifatli va samarali bajara oladigan hamda boshqaruvchanlik qobiliyatiga ega bo‘lishi, odob-axloq normalariga rioya etadigan bo‘lishi.
Ish sharoiti
Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Dam olish kunlari: shanba, yakshanba. Ish vaqti: 09: 00 dan 18: 00 gacha
vacancy.gov.uz da topshirish →Ariza vacancy.gov.uz portalida, OneID (id.egov.uz) orqali kirib topshiriladi. Portalda lavozim nomini qidiring.
Manba: vacancy.gov.uz, davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali. Eʼlon matni portaldagidek.