← Barcha ish oʻrinlari · Toshkent viloyatida ish oʻrinlari
Hilol mahallasida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag’allikni qisqartirish bo’yicha hokim yordamchisi
Vazifalar
Mahalladagi ishsiz aholini ish bilan taʼminlash, ularga doimiy daromad manbaini yaratishga ko‘maklashish uchun ustuvor ravishda mahalladagi muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlikda faoliyatini olib boradi; respublika vakillari bilan birgalikda o‘ziga biriktirilgan mahallani rivojlantirish bo‘yicha 2026-yilga mo‘ljallangan "Yo‘l xaritasi"ni ishlab chiqadi va ijrosini taʼminlaydi; ajratilayotgan resurslardan samarali foydalanish yuzasidan doimiy monitoringni amalga oshiradi; amalga oshirilgan ishlar natijadorligi yuzasidan tuman (shahar) hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari bilan birgalikda doimiy ravishda hokimga hisobot berib boradi.
Talablar
1. Iqtisodiyot (iqtisodiy strategik boshqaruv, davlat boshqaruvi, bank va moliya, menedjment, marketing, biznes boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy ilmiy) yo‘nalishida oliy maʼlumotga ega bo‘lishi, shuningdek, xorijiy oliy o‘quv yurtlarida tahsil olgan nomzodlarga afzallik beriladi (nostrifikatsiya qilingan, top universitetlar qatoriga kiruvchi); 2. Hududda iqtisodiy o‘sish omillarini tahlil qilish hamda ijtimoiy-iqtisodiy strategik dasturlarni ishlab chiqa oladigan; 3. Iqtisodiyotning byudjet-soliq, pul-kredit, tashqi va real sektor yo‘nalishlarida yangicha va samarali yondashuvlarini, xorijiy ilg‘or tajribalarini qo‘llagan holda ishlarni tashkillashtirish, analitik va kreativ fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lish; 4. Mazkur lavozimga Microsoft Office dasturi (Word, Excel, Power Point), zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmog‘ida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash bo‘yicha yetarli ko‘nikmaga ega bo‘lgan nomzodlar maʼlumotlari qabul qilinadi; 5. O‘zbek tilini mukammal, rus va ingliz tillarini yuqori darajada bilish (xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lgan yoki ingliz tilida so‘zlashuvchi mamlakatlarda oliy taʼlimni bitirgan nomzodlar ijobiy baholanadi); 6. Mamlakatda o‘tkazilayotgan ijtimoiy-siyosiy islohotlardan xabardor bo‘lishi va ular bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar mohiyatini chuqur anglay olishi.
Ish sharoiti
Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Dam olish kunlari: shanba, yakshanba. Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha
vacancy.gov.uz da topshirish →Ariza vacancy.gov.uz portalida, OneID (id.egov.uz) orqali kirib topshiriladi. Portalda lavozim nomini qidiring.
Manba: vacancy.gov.uz, davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali. Eʼlon matni portaldagidek.