← Barcha ish oʻrinlari · Jizzax viloyatida ish oʻrinlari
“Chamanzor” mahallasi fuqarolar yig‘inidagi xotin-qizlar faoli
Vazifalar
Kamida 3 yil ish stajiga ega bo'lishi, Kompyuterdagi dasturiy majmualar Microsoft Word, Exsel va Power Point dasturlarida erkin ishlashi, Sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish; Sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi, soha bo‘yicha muammolardan kelib chiqib, ularning yechimi bo‘yicha takliflar ishlab chiqa bilishi
Talablar
Oliy ma'lumotli, Tashkilotchilik qobiliyatiga, hayotiy tajribaga va aholi o‘rtasida obro‘-e’tiborga ega bo‘lishi; Oilali bo‘lishi; Kompyuter va biriktirilgan planshetlarda, internet dasturlarida ishlay olishi; Davlat rahbari tomonidan Yangi O‘zbekistonni barpo etish borasidagi islohotlardan, xususan, xotin-qizlar yo‘nalishiga taalluqli normativ-huquqiy hujjatlardan xabardor bo‘lishi; Fuqarolarni tinglash qobiliyatiga va muomala madaniyatiga ega bo‘lishi; Fuqarolarning huquqi va qonuniy manfaatlarini himoya qila olishi; Fuqarolarga yordam ko‘rsatishda adolatlilik, halollik, xolislik tamoyiliga qat’iy amal qilishi va manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymasligi; Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lishi; Oila va xotin-qizlar bilan ishlash tajribasiga ega, shaxsiy fazilatlari bilan namuna ko‘rsatgan, fidoyi va sadoqatli bo‘lishi; Ichki ishlar organlari bilan birgalikda notinch, noqobil oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish borasida aniq chora-tadbirlarni amalga oshira olishi; Ta’lim muassasalarida o‘quvchi qizlarning tarbiyasi va ularning ongida oilaviy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini mustahkamlash, oilaviy hayotga tayyorlash tadbirlarini ta’sirchan usullarda tashkil eta olishi; Mahalla hududidagi korxona, tashkilot va muassasalarda boshlang‘ich xotin-qizlar tashkiloti faoliyatini samarali tashkil etish yo‘l-yo‘riqlarini bilishi va ularni o‘z atrofiga jipslashtira olish qobiliyatiga ega bo‘lishi;
Ish sharoiti
dushanba-juma, 9:00 dan 18:00 gacha
vacancy.gov.uz da topshirish →Ariza vacancy.gov.uz portalida, OneID (id.egov.uz) orqali kirib topshiriladi. Portalda lavozim nomini qidiring.
Manba: vacancy.gov.uz, davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali. Eʼlon matni portaldagidek.