← Barcha ish oʻrinlari · Toshkent shahrida ish oʻrinlari
Bosh mutaxassis
Vazifalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining xalqaro hamkorlik, investitsiyalarni jalb qilish va xorijiy grantlar bilan ishlash yo‘nalishidagi faoliyatini amalga oshirishda ishtirok etadi.
2. Energetika sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, xorijiy davlatlar, xalqaro moliya institutlari va tashkilotlar bilan aloqalarni kengaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi.
3. Xorijiy davlatlarning energetika sohasi bo‘yicha vakolatli organlari, xalqaro tashkilotlar, moliya institutlari va xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda rivojlantirishga ko‘maklashadi.
4. Energetika sohasiga xorijiy investitsiyalar, xalqaro moliyaviy resurslar, grantlar va texnik ko‘mak mablag‘larini jalb qilish bo‘yicha ishlarni amalga oshirishda ishtirok etadi.
5. Xorijiy investitsiyalar va grant mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar bo‘yicha ma'lumotlarni to‘playdi, tahlil qiladi va umumlashtiradi.
6. Xalqaro moliya institutlari va xorijiy donor tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalarning bajarilish holatini o‘rganadi hamda tegishli ma'lumotlarni tayyorlaydi.
7. Xorijiy grantlar va texnik ko‘mak mablag‘larini jalb qilish bo‘yicha loyiha takliflari, konsepsiyalar va boshqa zarur hujjatlarni tayyorlashda ishtirok etadi.
8. Xalqaro hamkorlik doirasida tuziladigan bitimlar, memorandumlar, bayonnomalar va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish hamda kelishish jarayonlarida ishtirok etadi.
9. Xorijiy hamkorlar bilan uchrashuvlar, muzokaralar, konferensiyalar, seminarlar va boshqa xalqaro tadbirlarni tashkil etishda ishtirok etadi.
10. Xalqaro hamkorlik va investitsiya loyihalari bo‘yicha taqdimotlar, ma'lumotnomalar, tahliliy materiallar va hisobotlarni tayyorlaydi.
11. Xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlarning energetika sohasidagi ilg‘or tajribalarini o‘rganadi hamda ularni O‘zbekiston energetika tizimida qo‘llash yuzasidan takliflar tayyorlaydi.
12. Energetika sohasida qayta tiklanuvchi energiya manbalari, energiya samaradorligi, elektr energetikasi va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ishlarni amalga oshiradi.
13. Xorijiy investorlar va hamkorlarning murojaatlarini ko‘rib chiqishda, ularning takliflarini tegishli tarkibiy bo‘linmalar bilan birgalikda o‘rganishda ishtirok etadi.
14. Xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlar tomonidan e'lon qilinadigan grant dasturlari, texnik ko‘mak loyihalari va investitsiya imkoniyatlari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni muntazam o‘rganib boradi.
15. Xalqaro hamkorlik va investitsiya loyihalarini amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan masalalar bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqadi.
16. Boshqarma faoliyatiga tegishli ma'lumotlar bazasini shakllantirish, yuritish va muntazam yangilab borishda ishtirok etadi.
17. Xorijiy hamkorlar bilan yozishmalarni belgilangan tartibda olib boradi, kelib tushgan xatlar va murojaatlar bo‘yicha tegishli hujjatlarni tayyorlaydi.
18. O‘z vakolati doirasida xalqaro hamkorlik va investitsiyalarni jalb qilish masalalari bo‘yicha vazirlikning boshqa tarkibiy bo‘linmalari bilan hamkorlik qiladi.
19. Boshqarma faoliyatiga oid belgilangan hisobotlarni o‘z vaqtida tayyorlaydi va rahbariyatga taqdim etadi.
20. Vazirlik rahbariyati va boshqarma boshlig‘i tomonidan o‘z vakolati doirasida yuklatilgan boshqa topshiriq va vazifalarni bajaradi.
Talablar
Oliy, bakalavr diplomiga (magistratura, ilmiy darajaga egalik afzallik beradi) va mazkur faoliyat yo‘nalishida kamida 5-yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi (yoqilg‘i-energetika sohasidagi mehnat faoliyatiga afzallik beradi). Microsoft Office dasturi (Word, Excel, Power Point va h.k), zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmog‘ida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash bo‘yicha yetarli ko‘nikmaga ega bo‘lishi. Lavozim yo‘nalishi va funksional vazifalariga mos keluvchi bilim va ko‘nikmalarga, energetika sohasi va vazirlik faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar haqida bilimga ega bo‘lishi. O‘zbek, rus va ingliz tillarini mukammal bilish.
Ish sharoiti
Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Dam olish kunlari: shanba, yakshanba. Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha
vacancy.gov.uz da topshirish →Ariza vacancy.gov.uz portalida, OneID (id.egov.uz) orqali kirib topshiriladi. Portalda lavozim nomini qidiring.
Manba: vacancy.gov.uz, davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali. Eʼlon matni portaldagidek.