← Barcha ish oʻrinlari · Toshkent shahrida ish oʻrinlari
Bosh mutaxassis
Vazifalar
1. Vazirlikning moliya-xo‘jalik faoliyatiga oid buxgalteriya hisobini amaldagi qonunchilik va normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq yuritadi.
2. Vazirlikning moliyaviy-xo‘jalik operatsiyalarini buxgalteriya hisobida o‘z vaqtida, to‘liq va to‘g‘ri aks ettirilishini ta'minlaydi.
3. Birlamchi hisob hujjatlarini qabul qilish, tekshirish, rasmiylashtirish va buxgalteriya hisobida aks ettirish ishlarini amalga oshiradi.
4. Budjet mablag‘larining maqsadli va samarali sarflanishi yuzasidan buxgalteriya hisobi doirasida nazoratni amalga oshiradi.
5. Ish haqi, unga tenglashtirilgan to‘lovlar, mukofotlar va boshqa to‘lovlarning hisoblanishi hamda o‘z vaqtida to‘lanishi bo‘yicha tegishli hisob-kitoblarni amalga oshiradi.
6. Xizmat safarlari, xo‘jalik xarajatlari va boshqa xarajatlar bo‘yicha hisob-kitoblarni yuritadi hamda tegishli hujjatlarning to‘g‘ri rasmiylashtirilishini nazorat qiladi.
7. Asosiy vositalar, tovar-moddiy boyliklar va boshqa aktivlarning kirimi, chiqimi hamda harakati bo‘yicha buxgalteriya hisobini yuritadi.
8. Yetkazib beruvchilar, pudratchilar va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirishda ishtirok etadi.
9. Vazirlikning moliyaviy hisobotlarini tayyorlash uchun zarur bo‘lgan ma'lumotlarni shakllantiradi va belgilangan muddatlarda taqdim etadi.
10. Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlarga oid hujjatlarning to‘g‘ri yuritilishi, saqlanishi hamda belgilangan tartibda arxivga topshirilishini ta'minlaydi.
11. Inventarizatsiya jarayonlarida ishtirok etadi, uning natijalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish bo‘yicha tegishli ishlarni amalga oshiradi.
12. Soliqlar, yig‘imlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblarning to‘g‘ri yuritilishida ishtirok etadi.
13. G‘aznachilik organlari bilan hisob-kitoblar va moliyaviy hujjatlar almashinuvini belgilangan tartibda amalga oshiradi.
14. Buxgalteriya hisobiga oid amaldagi qonunchilik hujjatlari, yo‘riqnomalar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlardagi o‘zgarishlarni o‘rganib boradi hamda o‘z faoliyatida qo‘llaydi.
15. Ichki va tashqi audit, moliyaviy nazorat hamda tekshiruvlar davomida talab etilgan buxgalteriya hujjatlari va ma'lumotlarini tayyorlashda ishtirok etadi.
16. O‘z vakolati doirasida vazirlikning tarkibiy bo‘linmalariga buxgalteriya hisobi va moliyaviy hujjatlarni rasmiylashtirish masalalari bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatadi.
17. Buxgalteriya hisobi jarayonlarini takomillashtirish, moliyaviy intizomni mustahkamlash va mablag‘lardan oqilona foydalanish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi.
18. Xizmat faoliyati davomida xizmatga oid ma'lumotlarni oshkor etmaslik talablariga rioya qiladi.
19. Vazirlik rahbariyati hamda buxgalteriya bo‘limi boshlig‘i tomonidan o‘z vakolati doirasida yuklatilgan boshqa vazifalarni bajaradi.
Talablar
Oliy, bakalavr diplomiga (magistratura, ilmiy darajaga egalik afzallik beradi) va mazkur faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha kamida 5-yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi (yoqilg‘i-energetika tarmog‘idagi mehnat faoliyatiga afzallik beradi). Microsoft Office dasturi (Word, Excel, Power Point va h.k), zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmog‘ida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash bo‘yicha yetarli ko‘nikmaga ega bo‘lishi. Lavozim yo‘nalishi va funksional vazifalariga mos keluvchi bilim va ko‘nikmalarga, energetika sohasi va vazirlik faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar haqida bilimga ega bo‘lishi. O‘zbek, rus va ingliz tillarini mukammal bilish.
Ish sharoiti
Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Dam olish kunlari: shanba, yakshanba. Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha
vacancy.gov.uz da topshirish →Ariza vacancy.gov.uz portalida, OneID (id.egov.uz) orqali kirib topshiriladi. Portalda lavozim nomini qidiring.
Manba: vacancy.gov.uz, davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali. Eʼlon matni portaldagidek.