← Barcha ish oʻrinlari · Namangan viloyatida ish oʻrinlari
Chust tumani “Sarimsoqtepa” mahalla fuqarolari yig‘inida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi
Vazifalar
2022-yil 8-avgustda qabul qilingan “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi 788-sonli O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 28-moddasida keltirilgan talablar hamda mahalladagi lavozim majburiyatlari
Talablar
- Bakalavr darajasidagi oliy maʼlumotga ega bo‘lishi lozim.
- Tadbirkorlik faoliyatida (taʼsischi yoki mazkur tadbirkorlik faoliyatini boshqargan) yuqori natijalarga erishgan, intiluvchan, qobiliyatli, sohada 5 yildan ortiq tajribaga ega tadbirkorlar, faol yoshlar, istisno tariqasida oliy maʼlumotga ega bo‘lmagan fuqarolar ham ishga sabul qiinishi mumkin.
- Iqtisodiyot, moliya, soliq, menejment, bank ishi, buxgalteriya, biznes boshqaruvi va boshqa iqtisodiy sohalarida mutaxassis bo‘lishi lozim.
- Kamida 3 yil ish tajribaga ega bo‘lgan, Investitsiyalar, sanoat va savdo, Iqtisodiyot va moliya, Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirliklarida, tijorat banklari, iqtisodiy va investitsiya komplekslariga kiruvchi boshqa idoralar, ularning hududiy bo‘linmalarida bo‘lim (shoʻba) boshlig‘idan past bo‘lmagan lavozimda ishlagan rahbar xodimlar, shuningdek, mahalliy hokimliklarda rahbar bo‘lib ishlagan nomzodlar qabul qilinadi.
- Nomzodlarning intiluvchanligi, maqsadga yo‘nalganligi, qobiliyati, tajribasi kabilarni inobatga olgan holda rahbarlik lavozimida faoliyat yuritmayotgan xodimlar ham ishga qabul qtinishi mumkin.
- Microsoft Office dasturi (Word, Yexsel, Power Point va h.k), zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmog'ida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash bo‘yicha yetarli ko‘nikmaga ega bo‘lishi lozim.
- Hududlarda iqtisodiy o‘sish omillarini tahlil qilish hamda ijtimoiy- iqtisodiy strategik dasturlarni ishlab chiqish, investitsiyalarni jalb etish va yuritish siyosati, islohotlarni muvofiqlashtirish va boshqarish tajribasiga ega bo‘lgan nomzodlar.
Nomzodlarni baholashda quyidagilarga afzalliklar beriladi: - Chet tilini bilishi (xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lgan yoki xorijiy mamlakatlarda oliy taʼlimni bitirgan nomzodlar).
Ish sharoiti
Dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Dam olish kunlari: shanba, yakshanba. Ish vaqti: 09: 00 dan 18: 00 gacha
vacancy.gov.uz da topshirish →Ariza vacancy.gov.uz portalida, OneID (id.egov.uz) orqali kirib topshiriladi. Portalda lavozim nomini qidiring.
Manba: vacancy.gov.uz, davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali. Eʼlon matni portaldagidek.