← Barcha ish oʻrinlari · Toshkent shahrida ish oʻrinlari
Интенсив терапия шифокори
Vazifalar
Tibbiyot oliygohining davolash ishi yo‘nalishini tugatgan bo‘lishi kerak.
So‘ngra anesteziologiya va reanimatologiya yoki intensiv terapiya yo‘nalishi bo‘yicha magistraturada tahsil olgan bo‘lishi zarur
Talablar
Og‘ir holatdagi bemorlarga yordam ko‘rsatish
Nafas olish, yurak urishi, qon aylanishi va boshqa muhim funksiyalari buzilgan bemorlarni davolaydi.
Bemor hayotini saqlab qolish uchun tez va aniq choralar ko‘radi.
2. Reanimatsiya va hayotni saqlab qolish choralari
Yurak to‘xtaganda CPR (yurakni urdirish) qiladi.
Sun’iy nafas oldiruvchi apparat (IVL) qo‘llaydi.
Kislorod terapiyasi, defibrillatsiya kabi usullardan foydalanadi.
3. Intensiv kuzatuv va monitoring
Bemorning arterial bosimi, yurak urishi, kislorod darajasi, harorati va boshqa ko‘rsatkichlarini doimiy nazorat qiladi.
Har qanday o‘zgarishga darhol javob beradi.
4. Dori-darmon va infuzion terapiya
Hayotiy muhim dori vositalarini tomchilab yoki in'ektsiya orqali yuboradi.
Bemor tanasidagi suv-elektrolit balansini boshqaradi.
5. Tibbiy texnologiyalar bilan ishlash
Ventilatorlar, monitorlar, infuzion nasoslar, defibrillyatorlar kabi uskunalar bilan ishlaydi.
6. Multidisiplinar jamoa bilan hamkorlik
Jarrohlar, terapevtlar, laborator mutaxassislar, hamshiralar va boshqa mutaxassislar bilan hamkorlikda ishlaydi.
7. Bemor yaqinlariga axborot berish
Og‘ir holatdagi bemorning ahvoli, prognozi va davolash jarayoni haqida oila a’zolarini xabardor qiladi.
Ish sharoiti
ish jadvaliga asosan
vacancy.gov.uz da topshirish →Ariza vacancy.gov.uz portalida, OneID (id.egov.uz) orqali kirib topshiriladi. Portalda lavozim nomini qidiring.
Manba: vacancy.gov.uz, davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali. Eʼlon matni portaldagidek.