Andijonda musulmoncha tiyotr Abdulhamid Choʻlpon Ushbu yil 6-iyun Andijonda yerli yoshlar tarafidan birinchi martaba tiyotr o‘ynaldi. Tomoshaga Hoji Mahmud afandining “Padarkush” ismli fojiasi qo‘yildi. O‘ynovchilar shul qadar muvaffaqiyat va usta o‘ynadilarki, tiyotr na ekanin fahmlaydirgan ovrupolilar ila o‘n marotaba o‘ynagan artistlarga o‘xshaydirlar. Har parda orasida shul qadar olqishlar bo‘ldiki, biz ko‘rgan tiyotrularda bo‘lgan yo‘q edi. Tiyotrdan so‘ng yerli muzika ila hamma o‘ynovchilar sahnada xor ila Abdulla Avloniyning “O‘qusin yoshlarimiz!” ash’orini o‘qub, xaloyiqni olqish va ofarinlarga muzahhar qildilar. Sof foyda bir yarim ming so‘mga yaqin bo‘lgan bo‘lsa kerak. Mundan yigirma prosenti Andijonda yangi solinmakda bo‘lgan qizlar gimnaziyasi foydasina berilub, qolmishi San’atga oid xabar, taqriz va maqolalar 63 bir kishi vositasi ila bonkda bir xayr ish uchun saqlansalar kerak. Tiyotr o‘ynovchi yoshlarning g‘ayratlarin va alarga qarshu turuvchilarning hollarin “Farg‘ona ta’siroti” maqolalarimda yozsam kerak. — Source: https://wikisource.org/wiki/Andijonda_musulmoncha_tiyotr. Downloaded from uzbekai.com.