Andijondan maktub Abdulhamid Choʻlpon Andijonning mashhur milyunuri Mirkomil afandi haqinda «Vaqt»da bir maqola yozilgan edi. O‘shal maqolani «Vaqt»dan «Tarjimon», «Tarjimon»dan 14-raqamli «Oyna»ga ko‘churuldi. «Oyna» ham o‘z tarafidin «muborak bo‘lsun» dedi. Ushbu bobda biz ham bir nimarsa etmoqchi bo‘lamiz: o‘tkan yoz Mirkomil afandi tabiblar tavsiyasi ilan Veyona, Berlin va Parij va boshqa ba’zi Ovrupo poytaxtlariga bordi, ammo na sababdandurki Istanbulga borgan yo‘q. Endi kelayluk ovrupolilardan ibrat olmoqg‘a, ushbulardan ibrat olub, janob boy o‘zlariga maxsus bir oftomobil olub, minib yurodurlar. Boshqa o‘rnak hozirda yo‘q. Xastaxona, madrasa va jome bo‘la turg‘an bo‘lsa, Andijonda Kultepa degan bir ochiq maydon bor edi. O‘shal Kultepani olgan emishlar degan so‘z bor. Jome solar emishlar deb mish-mish xabarlar bor, ammo ma’lum emas. Ehtimolki, mundin keyin bo‘lsa, yoshrulub qolmasunki, Andijonda bir maktab bino etdurdilar. Muallimlikg‘a katta madrasa mutavallisining muovini tayin etildi. Ul muallim afandi har vaqt Andijonni taraqqiyparvar yoshlarini so‘kub yuraturg‘an bir kishidurlar. O‘qutaturg‘anlari eski usuldir. «Vaqt» va «Tarjimon» va ondin «Oyna»da yozilgan jome, xastaxona va maktabdan alhol asar yo‘qdur. Balki, avvalgi xabar boy afandining ishratlari ila bo‘lgandur. Ul-da ma’lum yo‘q. Xayr biz ham dermizkim: «Muborak bo‘lsun!» — Source: https://wikisource.org/wiki/Andijondan_maktub. Downloaded from uzbekai.com.