Barcha maorif sevguchilarga Abdulhamid Choʻlpon 7 nchi yanvarda (yakshanba kuni) kunduz soat 3 da qishliq “Turon” binosida “NASHRI MAORIF” uyushmasining birinchi qatla o‘ltirishi bo‘ladir. Ko‘rulaturg‘an mas’alalar: 1) muassislarning doqladi va boshqarma saylash; 2) o‘zbaklar orasida ilmiy tekshirishlar to‘g‘risida ma’ruza (ma’ruzachi Gʻozi Olim); 3) navbatdagi ishlar. Bu o‘ltirishg‘a barcha maorif sevguvchilar, ayniqsa maorif-madaniyya uyushmasi a’zolari, bilim yurtlari, ta’lim-tarbiya texnikumlarining talabalari va turli fakultalarda o‘qug‘uvchi o‘zbak talabalarining oralashishlari so‘ralur. — Source: https://wikisource.org/wiki/Barcha_maorif_sevguchilarga. Downloaded from uzbekai.com.