Bokuga Sharq qurultoyiga ketkanda Abdulhamid Choʻlpon Yolimizda choʻllar, suvlar, dengizlar, Bosuvchisin tanib boʻlmaslik izlar, Shul izlarni bosib, dengizlar kechib, Buyuk amal bilan boramiz bozlar! Yurakdagi saqlab borgan amallar, Yoʻllardagi dengizlardan ulugʻroq; Ezilganlar tilak tilar bu yoʻli Avvalgidan toʻlugʻroq. Mahkam qilib bogʻlanilgan kamarlar… Sharqning eski chigalini yechaylik. 1920 yil, 10 Avgust, Toshkent. — Source: https://wikisource.org/wiki/Bokuga_Sharq_qurultoyiga_ketkanda. Downloaded from uzbekai.com.