Buloqboshi bo‘lusida Abdulhamid Choʻlpon (O‘sh uyazida) Buloqboshi yoshlaridan o‘rtoq Hasan Alixon o‘g‘li, Farg‘ona muzofot firqa maktabini tugatib kelgandan keyin bo‘lus “Qo‘shchi” qo‘mitasiga mas’ul sarkotiblikka saylang‘an edi. Mazkur o‘rtog‘imiz ishga kirishgandan beri bo‘lus “Qo‘shchi” qo‘mitasining ishlari tuzalib, olding‘a bosib boradur. Hozir “Qo‘shchi” a’zolari 1000 dan oshqan, batraklar 600 ga yetgan. Lenin terimi chog‘ida mazkur batraklardan 30 kishi firqa qatorig‘a o‘tkan. Batraklar seksiyasi tashkil qilinib, jiddiyat bilan ishga kirishdi. — Source: https://wikisource.org/wiki/Buloqboshi_bo%E2%80%98lusida. Downloaded from uzbekai.com.