Elektriklashtirish Abdulhamid Choʻlpon O‘shda suv kuchi bilan ishlay turg‘an bir elektirik istansiyasi bor. 500 ot quvatini beraturg‘an bu istansiya mundan 10 yillar ilgari sir harakat bir shirkat tarafidan soldirilg‘an edi. Suvni – O‘sh soyidan oladur va bu kunda ham O‘sh shahrini elektrik yorug‘i bilan yorutub turadur. Hozir shu istansiyani qishloq xo‘jalig‘i bankasiga uzog‘roq muddat bilan ijaraga berish xususida O‘sh ijroqo‘mi bilan banka vakili orasida gaplashish bo‘layotibdur. Banka 30 yilga deb so‘rag‘an, ijroqo‘m ozroq bo‘lsun deydur. Ijroqo‘mning qo‘yg‘anining katta sharti shu istansiyani a’zamli darajasida kengaytmakdur. O‘shdan 12 chaqirim narida bir tangi (ushyelye) bor. Agarda istansiyani shu yerda ko‘churub qurg‘anda 35 000 ot quvatini beraturg‘an bir moshinadan foydalanmoq mumkundur. U holda birgina O‘sh uyezini emas, Farg‘onaning boshqa shaharlarini ham elektiriklashdirmak mumkin bo‘ladur. O‘sh ijroqo‘mining qo‘yg‘an shartlaridan biri ham shuldir. Gaplashish tugab, bir qarorg‘a kelsalar, u holda bu ish to‘g‘risida mufassal ma’lumot olg‘umdur. — Source: https://wikisource.org/wiki/Elektriklashtirish. Downloaded from uzbekai.com.