Haqqulobodda yangi qurs Abdulhamid Choʻlpon Atrof ijroqo‘mining raisi o‘rtoq Ibrohim hoji o‘g‘lining hammani ostida yosh batraklar orasidag‘i savodsiz a’zolari uchun 3 oyliq vaqt belgilab bir qurs ochildi. Bu qursning yonidan ibtidoiy maktabning yuqori sinf talabalari uchun ham hozirlik bo‘lumi davom qilmoqda. Bu g‘ayrat yoshlarni suyundirib har bir yosh savodsiz a’zolar o‘rtoq Ibrohim hoji o‘g‘lini olqishlamoqdadur. — Source: https://wikisource.org/wiki/Haqqulobodda_yangi_qurs. Downloaded from uzbekai.com.