Ish vaqtida gap Abdulhamid Choʻlpon Tasodifiy bir ish bilan Anjan moliya shoʻbasiga kirdim, bi oz soliq to‘lasak kerak edi. Soliqni kassaga tez topshirdim, lekin, pulning oling‘anlig‘i to‘g‘risida berilaturg‘an sanadni juda cho‘zub berdilar. Birgina shu sanad uchun 1,5-2 soat turdim. Mahkamada ish ish bilan kelganlar oz ko‘rundilar. Demak, ish ham ko‘b emas edi. Ish ustallarining ko‘pi bo‘sh ko‘rundi, ishlaguvchi yigitlar va xonimlar uyoq-buyoqda yurdilar. Sanad yozaturg‘an o‘rtoq qarshisidag‘i yigit bilan gaplashishdan bo‘shamadi. Moliya shoʻbasida bekar o‘tgan umrlaridan shikoyat qilg‘anlar ko‘b bo‘ldilar. Ayniqsa, Eski shaharning narigi chekasidan – yiroqdan kelganlar ko‘b qiynaladirlar. Kimga tekish bo‘lsa shu “ish o‘rniga gap”ni bir oz tekshirib qo‘ysin! — Source: https://wikisource.org/wiki/Ish_vaqtida_gap. Downloaded from uzbekai.com.