Istakli muharrir o‘rtog‘im! Abdulhamid Choʻlpon (Boshqarmaga xat) Yaqinda menim bir daftarcham (tetrad) yo‘qoldi. Qog‘oz muqovalik ul daftarchaga so‘ng vaqtda yozg‘an she’rlarimni yig‘ib ko‘chirgan edim. Agar yanglishmasam, u daftarchada “O‘ynamoq va kulmak istar ekan”, “Qish oldida”, “Qora ro‘mollikka”, “Echki o‘ynatquchi qizg‘a” nomlik she’rlarim bor edi. Shuni ko‘rgan, bilgan o‘rtoqlar bo‘lsa, o‘zimga qaytarmoqlarini so‘rayman. Shuning yo‘qlig‘i ikkinchi she’rlar majmuasining chiqmaslig‘ig‘a sabab bo‘lub turadir. To‘la ehtirom bilan, — Source: https://wikisource.org/wiki/Istakli_muharrir_o%E2%80%98rtog%E2%80%98im%21. Downloaded from uzbekai.com.