Juda yaxshi ish Abdulhamid Choʻlpon Toshkand uyazining ijroqo‘mi uyazda bo‘lg‘an buzuqliqlar bilan kurashish to‘g‘risida juda yaxshi ishga kirishdi. Poraxo‘rliq bilan kurashish kamisiyasiga ko‘b arizalar keladur. Kamisiya ko‘b kishilarning ishlarini davlat prokurorligiga topshirg‘an. Buning orqasida mahalliy ijroqo‘mlar ishga juda yaxshi qaray boshlag‘anlar. Butun Toshkand uyazida bo‘lub turg‘an buzuqliqlar va ular haqida hukumatning etib turg‘an choralari oz bo‘lsa ham gazeta betlarida yozilib turadur. Ammo boshqa uyazlarda ishlar qandaydur, bu to‘g‘rida gazetalar hech yozmaydurlar. Boshqa uyazlarda shunday yaramas buzuqliqlar juda ko‘b bo‘lsa kerak. Bu to‘g‘rilarda gazetaga yozib turilsa, o‘rnig‘a tushub qolar edi. Toshkand uyazi to‘g‘risida gazeta juda yaxshi ro‘l o‘ynamoqdadur. Bu ish birinchidan hukumat oldida turg‘an bo‘lsa, ikkinchi tomondan o‘shal yerdagi gazeta muxbirlari bilan firqa a’zolarining vazifasidur. — Source: https://wikisource.org/wiki/Juda_yaxshi_ish. Downloaded from uzbekai.com.