Ma’dan suvlaridagi kurortlar Abdulhamid Choʻlpon Tabiat bu o‘lkaga allanechik bo‘lakchi bir saxiylik ko‘rsatgan, yer tagidagi sog‘liq xazinalarining ko‘p eshiklarini shu o‘lkaga ochib bergan. “Ma’dan suvlari” (Mineralniy vodi) stansasi bilan Kislovodsk stansasi orasidagi masofani poyezd rosa ikki soatda bosib o‘tadi. Poyezdning yurushini juda tez qilib olganda ham yuz chaqirimning yoni-berida bo‘ladi. Dunyoning kengligiga nisbatan bir hovuchdekkina kelaturg‘an shu joyda, qatorasig‘a deyarlik, to‘rtta kurort shahari joylangan: Jeleznovodsk, Pyatigorsk, (unga yaqin bir joyda “Beshtov” tog‘lari bor, buning nomi shundan olingan), Yesentuki, Kislovodsk. Bulardan boshqa maydaroq shifo joylarini aytib ham o‘lturmaymiz, bu yerda sanalganlar butun yer yuziga dong chiqargan kurortlar. Bu kurortlarning har birida boshqa-boshqa ma’dan suvlari, xosiyati biri-birinikidan boshqa buloqlar bor; hattoki, ayrim kurortlarda (chunonchi Yesentukida) bir emas, bir necha buloq bo‘lib, har birining suvi shifo bo‘lush jihatidan biri-biridan farq qiladi. Bu shifo buloqlarining ilgari kimlarga va endi kimlarga xizmat etganini statistik raqamlar juda ma’nolik qilib ko‘rsatadi. 1907 nchi yilning statistikasini olsak, kasallarning tub guruhlari, ijtimoiy sostav e’tibori bilan quyidagicha bo‘lgan: Katta yer egalari, dvoryanlar, savdogar (“kupas”)lar – 41,9 prosent. O‘rta burjuaziya, dehqonlar, quloqlar, kazaklar – 23,8 prosent. Ofiserlar – 10,5 prosent. To‘ralar (hukumat xizmatchilari) – 11,9 prosent. O‘qutuvchilar, o‘quvchilar, bilimdonlar, doqtorlar va medisina arbobi – 10,5 prosent. Ruhoniylar – 1,2 prosent. Past rutbadagi kishilar – 0,2 prosent. Endi Sovetlar idorasi davrini olaylik: oila a’zolari Bu yerda yana bir narsani aytib o‘tish kerak: rus burjuaziyasi zotan o‘z vatanidagi kurortlarga uncha ahamiyat bermas edi. Qo‘lida bir oz davlati bor har bir rus boyi yoz oylarida, istirohat uchun chet ellarga borishni ep ko‘rar, o‘z yurtida chet ellarnikidan qolishmayturg‘an shifolik suvlarning borligini esiga ham keltirmasdi. Inqilobdan burun Kavkaz kurortlarining taraqqiysi toshbaqa qadamlari bilan borardi. O‘sha vaqtlarda “Staraya Russa” kurortlarini idora qilg‘an javobgar bir kishi o‘sha zamonning kurortlarini mana bunday tavsiflaydi: “Kurortda tibbiy tashkilot yo‘q, kasallarga ixtiyoriy tajribada bo‘lunuvchi doqtorlar qaraydi, kurortlarning ma’muriyati, boshlicha ma’muriyat – xo‘jalik va sanitariya vazifalarinigina bajaradilar”. Yana bir misol: 1898 nchi yilda kurortlarga oid bir qonun loyihasi tuzuladi, oradan o‘n bir yil o‘tgandan keyin u loyiha qonun holiga keladi, qonun holiga kelgandan e’tiboran yana besh yil o‘tgach Davlat dumasiga kiritilib, yana bir yildan so‘ng tasdiq qilinadi. Kurortlarga keluvchi kasallar adadining inqilobdan ilgari qanday sekin o‘sganini mana bu jadval yaxshi ko‘rsatadi: Inqilobdan keyin kurortdan foydalanuvchilar adadi va kurortlarga xarjlangan mablag‘lar summasi juda tez o‘sadi. Chunonchi, hamma kurortlarga borgan kasallar: Kurortlarga xarjlangan mablag‘lar (binokorlik va ham tog‘-texnika ishlariga): Ma’dan suvlaridagi kurortlarning orasida butun dunyoga dong‘i ketgan narzon suvlari bilan hamda o‘zining toza va sof bilan tanilgani Kislovodsk kurortidir. U yerda O‘zbekistonning o‘ziga xos sanatoriyasi bor. O‘rtoq Ikromov nomiga bo‘lgan bu sanatoriya xususida alohida to‘xtalish kerak. — Source: https://wikisource.org/wiki/Ma%E2%80%99dan_suvlaridagi_kurortlar. Downloaded from uzbekai.com.