Madrasalarimiz ahvoli Abdulhamid Choʻlpon Andijonda Mahmud dasturxonchini(ng) madrasida turg‘uchi bir necha nafar axmoq, buzuq, yomon mullolar bir yaxshi pok mullani madrasada zo‘rlik qilib chiqaribdurlar. Bechoraning gunohi bachabozlikdan man’ qilishi ekan: So‘ngra bechora to‘g‘ri muallo (janob inspekto‘r to‘rag‘a) arz qilibtur: Inspekto‘r to‘ra mazkur ishni haqiqat qilmoqqa madrasaga borib po‘lisiya bilan xujrag‘a kirib kitoblarni ko‘rub turulg‘an holda bir to‘nga boshchilikda bachalarg‘a solub o‘ynaladurg‘an (kokil) topibdurlar. Bul ishda ko‘p norizo bo‘lub janob domullani inspekto‘rg‘a yuboribdurlar! Ana mullolarni ahvoli. — Source: https://wikisource.org/wiki/Madrasalarimiz_ahvoli. Downloaded from uzbekai.com.