Matbuot to‘g‘risida kengash Abdulhamid Choʻlpon 17 nchi iyulda muzofot firqa qo‘mitasining mas’ul sarkotibi Karim o‘g‘li va muzofot ijroqo‘m raisi Alixo‘ja o‘g‘li o‘rtoqlarning ishtiroki bilan, Eski shahar maorif va hukumat ishchilarining qo‘shma majlislari bo‘ldi. Firqa qo‘mitasining harakati bilan chaqirilg‘an u majlisda o‘rtoq Karim o‘g‘li matbuotimizning bu kungi ahvoli to‘g‘risida ma’lumot berib, matbuotga, ayniqsa “Farg‘ona” gazetasining moddiy va ma’naviy yordamiga da’vat qildi. Umuman qizil matbuot va ayniqsa “Farg‘ona” gazetasi to‘g‘risida bir muncha kengash bo‘lg‘andan so‘ng, birinchi avg‘ustda boshlanaturg‘an matbuot oyida jiddiy ishlaga so‘z berildi. — Source: https://wikisource.org/wiki/Matbuot_to%E2%80%98g%E2%80%98risida_kengash. Downloaded from uzbekai.com.