Muhim «kichkina»lardan Abdulhamid Choʻlpon Shaharimizdagi xalq so‘roqxona (sudya)laridan eski shahar musulmonlarig‘a turli chaqiriq xatlari tushadir. Ul xatlarda musulmonlar yo gunohkor, yo da’vogar va yo guvoh qatorida chaqiriladirlar. Bunga so‘zimiz yo‘q. Bu o‘z yo‘lida. Lokin musulmonlarg‘a tushkan chaqiriq xatlari o‘ruscha yozilib tushadir. So‘ngra o‘shal o‘ruschani o‘qub ham bir narsa tushunish juda qiyin. Nimaga desangiz, o‘ruscha xatlar ham juda xunuk. Musulmonlarg‘a tegishlik chaqiriq xatlarni musulmoncha yozdirish iloji yo‘qmi ekan? — Source: https://wikisource.org/wiki/Muhim_%C2%ABkichkina%C2%BBlardan. Downloaded from uzbekai.com.