Oldanmayliq Abdulhamid Choʻlpon So‘ng vaqtlarda shaharimizda qo‘llarig‘a Mahkamai shar’iyalardan qog‘oz olg‘an yangi shakldagi gadoylar aylana boshladilar. Ular o‘zlarini Turkiya qo‘shuni xizmatidagi kurd askarlari deb tanitadirlar. Ular go‘yo, jahon urushida asir tushgan emishlar-da, endi elga qaytmoq uchun bu yerga kelganlar emish. Hozir, yo‘l xarajati uchun musulmonlardan iona so‘rab yuradirlar. Men ulardan ikki guruhga to‘g‘ri keldim. Bir guruhning qo‘lig‘a Andijon Mahkamai shar’iyasidan ikkinchi guruhning qo‘lig‘a Konibodom Mahkamai shar’iyasidan yordamg‘a da’vat qilib qog‘oz berilgan. Bu kishilar – menga nima uchundir shubhalik ko‘rindilar. Haqiqatan tegishlik bir ishga yordam qilamiz deb gadoylik kabi yomon odatni boshqa bir shaklga solmayliq. — Source: https://wikisource.org/wiki/Oldanmayliq. Downloaded from uzbekai.com.