Qamalg‘an dehqonlarni bo‘shatish Abdulhamid Choʻlpon O‘zbekiston markaz ijroqo‘mining 3 nchi yalpi majlisi Andijon shahrida ochilib, shuning orqasida Farg‘ona dehqonlari bilan jonli aloqa qiling‘an bo‘ldi. Shu aloqaga bir misol ham shudurkim, markaz ijroqo‘m tomonijan ta’yin bo‘lg‘an alohida komissiya shu kunlarda Andijon ovaqtasini tekshirib ko‘rub chiqdi. O‘sha tekshirish natijasida ishchi-dehqonlardan 17 kishini qamoqdan chiqarishqa markaz ijroqo‘m tomonidan qaror berildi va ijrosi tegishli idoralarga topshirildi. — Source: https://wikisource.org/wiki/Qamalg%E2%80%98an_dehqonlarni_bo%E2%80%98shatish. Downloaded from uzbekai.com.