Qaysi jinni? Abdulhamid Choʻlpon Andijon ila O‘sh shaharlari orasida Xo‘jaobodda bir odam jinni bo‘lub, bozorlarda xalqga baland ovoz ila qichqirub yurubdirki: “Ey birodarlar! Kimki o‘g‘lini va yo qizini o‘qutmasa ul odam xudoi taoloning katta bir ne’matidan mahrumdir…” Ammo ko‘b yerlarda katta katta mahalla oqsoqollari xalqga: “Birodarlar! Kimki o‘g‘lini va yo qizini usuli jadida maktabida o‘qutsa to‘yiga ham janozasiga ham bormasmiz” deydilar. O‘quvchilar! O‘ylab qarangiz! Bulardan qaysi jinni? — Source: https://wikisource.org/wiki/Qaysi_jinni%3F. Downloaded from uzbekai.com.