Qofqoziyaga ketgan Farg‘ona hay’atidan Abdulhamid Choʻlpon El qurultoyi ila shahar idoralari saylovi yaqin, balki, shahar idoralari saylovi bo‘lub yotadur. Baxtimiz, taqdirimiz, yozish-yozmishimiz, qartaga qo‘yuladur. Boyutub, dunyoda tinch va har yashayish uchun asoslar qurarmiz, yoyutulub dunyoda yana ilgarigiday siqilub, ezilishga mahkum bo‘lurmiz. Munday bir zamonda so‘ngg‘isidan qutulush uchun har tarafda tarqalgan “turk”larning, “Turon” bolalarining birlashishlari lozim. Shuning uchun Qofqozda bizdan, Turkistonda Qofqozdan, Vo‘lg‘a bo‘yidan bizda, bizdan Vo‘lg‘a bo‘yinda hay’atlar, vakillar bo‘lushga kerak. Boshqa taraflarda kelarga hozir vaqt nomunosibdur. Bizlar “Farg‘ona hay’ati” (balki Turkiston” bu xatni poyezdning lip-lip qimillashini, toq-toq taqillashi orasida yozamiz. Bizki Qofqozga ketamiz. Ul yerdagi turk qarindoshlarga, Turkiston turkining issiq salomini olub boramiz, o‘z ahvolimizni ularga bayon qilub, yordamchi yoshlardan, ishlangan kishilardan chaqiramiz, ularning tilaklarini tekshirub bilub, o‘z vatandoshlarimizga bayon qilurmiz, har bo‘lsa ham birlashdiramiz, maqsad – birlashishlik, turklik! Vatandoshlar! Vakillaringizga muvaffaqiyat tilangizlar, moddiy va ma’naviy yordam beringlar! Xayr birodarlar, biz ketdik. Xayrlik safar! Hay’at a’zolarindan: — Source: https://wikisource.org/wiki/Qofqoziyaga_ketgan_Farg%E2%80%98ona_hay%E2%80%99atidan. Downloaded from uzbekai.com.