Qo‘qon shahar sho‘rosiga kimlar saylandi Abdulhamid Choʻlpon Qo‘qon shahar sho‘rosiga ko‘broq firqa a’zolari saylandilar. Bu kunga dovur kasaba ittifoqlari tarafidan quyidag‘icha vakillar saylandi: Temir yo‘l ishchilaridan: 20 ta firqa a’zosi, 6 ta firqasiz – 26 vakil. Sho‘ro ishchilaridan: 6 ta firqa a’zosi, 3 ta firqasiz – 9 vakil. Tibbiy ishlar xizmatchilaridan: 3 ta firqa a’zosi, 2 ta firqasiz – 5 vakil. Notavon (invalid)lardan: 2 t firqa a’zosi. Hukumat tegirmoni ishchilaridan: 1 ta firqa a’zosi. Maorif ishchilaridan: 3 ta firqa a’zosi. Hamma saylangan 46 vakildan 35 tasi firqa a’zolaridir. — Source: https://wikisource.org/wiki/Qo%E2%80%98qon_shahar_sho%E2%80%98rosiga_kimlar_saylandi. Downloaded from uzbekai.com.