Ro‘yxat chatoqliqlari Abdulhamid Choʻlpon Ro‘yxat vaqtlarida ham juda ko‘b beparvoliqlar bo‘lub, shularning chatoq natijalari to‘plash chog‘ida ko‘ruldi. Ro‘yxatchilarning ko‘pi o‘sha ro‘yxat qilinaturg‘an rayo‘nlarning yerlik xalqlaridan bo‘lsa, tabiiy albatta yengil bo‘lur va bukungi chatoqliqlarg‘a yo‘l qolmas edi. Lekin, ish tamom muning teskarisicha bo‘lg‘an. Ro‘yxatchilar orasida tajribasiz til bilmas yigitlar ko‘b bo‘lg‘anlar: oralarida chala xat yozaturg‘anlari ham bo‘lg‘an. Masalan: ro‘yxatchilar tomonidan ruscha 4 deb yozilg‘an raqamlarni moliya shoʻbasida 7 deb o‘qug‘anlar. 4 bilan 7 orasida 3 pud farq bor. Dehqon uchun bu 3 pud ham oz emas. — Source: https://wikisource.org/wiki/Ro%E2%80%98yxat_chatoqliqlari. Downloaded from uzbekai.com.