Sayil Abdulhamid Choʻlpon Batraklar seksiyasi va maorif ehtiyojlari uchun O‘sh soyining bo‘yig‘a sayil chaqirilg‘an. Kunduzlari xalq oz bo‘lsa ham kechalari ko‘p bo‘ladur. Anjandan mashshoqlar va qiziqlar borg‘andir. Bu sayilning bir yomon jihati borkim, u ham bo‘lsa qimordur. Kunduz kuni ertadan kechgacha 6-5 yerda davra bo‘lushub o‘turgan tubjoy xalqni ko‘ramizkim, hammasi navkar boshida, qimor o‘ynab o‘turadurlar. Bor-yo‘g‘ini qimorg‘a «boy berib» qo‘yub, yomon yo‘llarga ketkanlar ozmi deysiz? Bir qishloq dehqoni bir arava shaftoli, bir arava uzumini yutquzg‘andan keyin, oxirg‘i o‘yunda ot-aravadan ham ojralg‘an… Farg‘ona uchun ot-ulov, pul-oqchaning ahamiyatini tushunganlar O‘sh hukumatdorlarining bu harakatini olqishlab qarshi olmaslar kerak. — Source: https://wikisource.org/wiki/Sayil. Downloaded from uzbekai.com.