Sog‘liqni saqlash ishlari Abdulhamid Choʻlpon Ijroqo‘mning so‘ng majlislaridan birida sog‘liqni saqlash shoʻbasining ma’ruzasi eshitildi. Shaharda: sog‘liqni saqlash ishlari bu yil burung‘ig‘a qarag‘anda juda tuban bo‘lsa ham qishloq va ovullarg‘a qarag‘anda durust ekan. Bir muncha kamchiliklari bilan birga bir kasalxona, 2 muolajaxona (ambulatoriya), 2 doruxonasi bor. Do‘qturlar ham yo‘q emas, bor. Ko‘z og‘rig‘i, quloq-tomoq kasallari uchun usta do‘qturlar bo‘lsa ham, boshqa kasallarniki bor. Bittagina bo‘lsa-da xotun do‘qtur ham bor va hokazo. Endi “qaychi”ning narigi tarafiga kelaylik; rayonlarning ahvoli juda yomon. Ba’zi bir rayonlarda kasalxona bor (Jalolobod), ba’zilarida muolaja xona bor. Ba’zilarida hech narsa yo‘q. Kasalxona, muolajaxona, do‘qtur, felder kabi narsalarni eshitmagan ikki bechora rayon bor: Izboskent, Haqqulobod; bular shahardan allaqancha uzoq, temir yo‘l yo‘q. So‘ng yillarda har xil kasallar ham ko‘bgina. Ijroqo‘m shu hollarni ko‘zda tutub sog‘liqni saqlash shoʻbasig‘a qattig‘ buyruq berdikim, Jalolobod rayonidagi 3 shifoxonadan bittasini Izboskent va bittasini Haqqulobod rayoniga ko‘chirish chorasiga kirishsun. — Source: https://wikisource.org/wiki/Sog%E2%80%98liqni_saqlash_ishlari. Downloaded from uzbekai.com.