Turkistonda tartibli maktablar Abdulhamid Choʻlpon So‘ngg‘i vaqtlarda Turkiston atrofinda tartibli maktablarga ehtiyoj bik naq sezila va yaxshi onglashila boshladi. Bir shaharlardagina tugal, ovullar (qishloqlar) bila buning keragin bila boshladilar. Farg‘ona viloyatinda ovullar shaharlardan olg‘a ketdilar deyarga-da yoriy. Masalan, Andijonning o‘zinda ko‘ngil tutararliq bir maktab bo‘lmag‘ani holda uyazinda bo‘lg‘an Jalolobodda Tojrizo Badaliy afandi tarafindan 3 shoʻbali zo‘r bir maktab ta’sis etildi. Maktab har jihatdan hifzi sihatga muvofiq; zo‘r va yoqti. Namangondan bir muallim olinub yangi usulg‘a solindi. Shuluq uyazda Izboskandda Jo‘raboy afandi tarafindan yana bir maktab ochildi va Xo‘qanddan muallim ketirilub 50-60 bola tartib bilan o‘qitula boshladi. Maktab hifzi sihatga (gigiyena – I.M.) shul qadar muvofiq, keng va tamizdirki, bunday maktab Andijon, O‘sh va Marg‘ilon shaharlarinda-da yo‘qdir. Xo‘qandda Kamol Qozi tarafindan soling‘an maktabgina bunga muqobala etsa eta olur. Xo‘jand uyazi Histivozdada bir maktab ochildi. Madrasai Oliyada o‘qug‘an Muhammadjon afandi muallimlik eta. (Bu kishi “Sadoi Turkiston” yozuvchilarindan – muallif.) Muna shulardan ochiq ko‘rinadirki bu kun Turkiston ovullarinda maktabka ehtiyoj shaharlarga qarag‘anda yaxshiroq onglashilub boradir. Shahar ko‘brak mavdo ortindan bora. Ammo ovul xalqi haqiqiy ilm va hunar izliy. Masalan, atrofindag‘i ovullardan allaneqadarsi (allaqanchasi – I.M.) tartibli maktabli bo‘lub turg‘anda Andijonda tilga olurliq yolg‘iz ikki maktab bor: 1) si Ziyoiddin afandi maktabi, 2) Toshkandlik Hasan qori maktabi. Boshqalari hanuz qanoat qilinurliq bir holga kela olmaylar. — Source: https://wikisource.org/wiki/Turkistonda_tartibli_maktablar. Downloaded from uzbekai.com.