Turkiya – Rusiya muohadasi Abdulhamid Choʻlpon Turkiya – Onato‘li hukumati bilan Rusiya sho‘rolar hukumati orasida o‘tgan mart oyining tugallanishida siyosiy bir muohada yasalg‘onlig‘i vaqtida yozilib o‘tgan edi. Hozir Qrimda chiqaturg‘on “Yangi dunyo” gazetasidan mazkur muohadanomaning moddalarini ko‘chiramiz: 1-Ushbu muohada bo‘yincha, ikki tomondan biriga tegishli bo‘lg‘on biror muohadani ikkala tarafning birisi tasdiq qilmasa, qolg‘on biri ham tasdiq etmon. 2-Turkiyaning tuprog‘i, Turkiya millat majlisining 1920-yilda qabul qilg‘on Milliy Misoq ahdnomasi bo‘yicha ta’yin qilinadir. 3-Naxachivan viloyati Ozarbayjon jumhuriyatining qo‘li ostida o‘z boshliq va imtiyozliq o‘lka sanalur. 4-Ordahon, Ortavin va Qovus viloyatlari turklarniki bo‘lur. 5-Sharq millatlari o‘z istak va orzularig‘a muvofiq qandog‘ hukumat va idora usulini qabul etsalar, shuni har ikki taraf qabul etar. 6-Istanbul – Turkiyaning poytaxti deb topilur. 7-Bo‘g‘ozlardan tijorat kemalarining sarbast (erkin) o‘tub yurushlarini ta’min qilmoq uchun qora tengiz va bo‘g‘ozlarg‘a tegishli bo‘lg‘on nizomnomalar, Qora tengiz bo‘ylarida bo‘lg‘on hukumatlarning vakillari tomonidan belgilanur. 8-Rusiya bilan Turkiya orasida bo‘lg‘on eski ahdnomalar va Turkiyaning Rusiyadan olg‘on qarzlari yo‘q qilinur. 9 – Ikkala tarafning har biri ikkinchisi tarafidan yoki unga qarashliq guruhlar tarafidan hukumatni qo‘llamoq harakatiga yoki unga qarshi kurashmak istagan firqalarg‘a yo‘l bermas. — Source: https://wikisource.org/wiki/Turkiya_%E2%80%93_Rusiya_muohadasi. Downloaded from uzbekai.com.