«Uzun quloq bobo» to‘g‘risida Abdulhamid Choʻlpon Boshqarmaga xat «UZUN QULOQ BOBO» TO‘G‘RISIDA Mening «Uzun quloq bobo» nomliq 2 pardalik kulgi asarimni oqqa ko‘churub o‘zbek truppasiga topshirmoq sharti bilan mazkur truppaning eng muqtadir bir artisti olg‘on edi. Hozir shul asarning mazkur artist qo‘lida borlig‘i shubhalik bo‘lub qoldi. Eshitganimga ko‘ra, bechora asarim Samarqand san’at havaskorlariga «tortuq» qilinib, berib yuborilg‘on emish. Shuning uchun gazeta orqali eshitdirmakchi bo‘lamankim, butun haq va huquq o‘zimda bo‘lg‘on ul asar qayda bo‘lsa ham bosdirilsa yoki sahnaga qo‘yulsa, shunga aloqalik kishilarni hukmga tortg‘umdir. — Source: https://wikisource.org/wiki/%C2%ABUzun_quloq_bobo%C2%BB_to%E2%80%98g%E2%80%98risida. Downloaded from uzbekai.com.