Xo‘jayinlik yoshlar Abdulhamid Choʻlpon Andijonda bosmachiliq harakati davrida bir muncha yoshlarimiz va maktab bolalarining «ko‘zga yaqin»lari majburiyat ostida yoki havas bilan bosmachilarning tomonig‘a o‘tub ularning orasida «mahram» bo‘lub yura-yura bosmachiliq betishi bilan qutulub kelganlar edi. «O‘rgangan ko‘ngul o‘rtansa qolmas» degan singari haligi bolalar shohi tun kumush paynak, dandon soplik pichoq va katta-katta pullarga o‘rganub qolg‘anliqlari uchun shu kunlarda ba’zi savdogarlar yonida yana o‘sha qiyofat bilan ko‘rina boshladilar. Yaqinda bittasini milisiya boshlig‘i bazadan tutub oldi. Mana shu axvolni ko‘z oldida o‘tub Andijon yoshqo‘mi iqtisodiy huquq shu’basining diqqatig‘a quyidag‘i xidmatlarni tashlab o‘taman: O‘shandaq xo‘jayinlik yoshlarni ro‘yxatga olub xo‘jayinlarining ijtimoiy turmushlarini ba’zi xislatlarini surushturub 4-5 soat o‘qushg‘a majbur etilsun. Uncha-muncha ma’lumoti xat-savodi borlarini mumkin bo‘lsa,boshqa shaharlarga ham bo‘lsa yuborish chorasini ko‘rilsun. — Source: https://wikisource.org/wiki/Xo%E2%80%98jayinlik_yoshlar. Downloaded from uzbekai.com.