Xo‘qanddan Abdulhamid Choʻlpon “Padarkush” fojiasini ko‘rmoq uchun Andijondan Xo‘qandga kelib, milliy tiyotruni ko‘rub, o‘z hissiyotimni qisqalik ila yozmoqni kerak bildimki, ushbudur. Boy, Domla, Ziyoli, Artun, Pristav, Boyni(ng) kambag‘al ukasi, Liza, Davlat, Toshmurod, Tangriqul shaxsiyatiga kirgonlarga tahsin va tashakkurimni arz qilurman. Shuni-da yozayin, uchinchi pardadagi Boyni o‘ldurishi yaxshi ta’sirlik bo‘lmadi va Boybachcha shaxsiyati yaxshi ijro qilinmagandek bo‘ldi. — Source: https://wikisource.org/wiki/Xo%E2%80%98qanddan. Downloaded from uzbekai.com.