Xususiy murojaat Abdulhamid Choʻlpon Toshkanddagi usmonli adabiyoti havaslilari bo‘lgan birodarlarimizga: Sarfi adabiyotdan istifoda etmak uchun Istanbulda chiqqan: “Shahbol”, “Turk yurdi” va “Ijtihod” majmualarining ba’zi bir adadlarini ko‘rmakka hiddatli ehtiyojim bor. Ular bebaho narsalar bo‘lganlikdan sotub olishga urunish bir behuda harakat o‘lur edi. Shuning uchun qo‘llarinda mazkur majmualarning bir necha jild yoki adadlari bo‘lg‘an birodarlardan iltimos qilur edimki, o‘zlarinda bor majmualardan muvaqqat suratda va o‘z joylarinda bir necha soat istifodaga ruhsat etsalar ekan. O‘z joylarinda bir qadar narsalarni ko‘rub olur va ba’zilarini yozub olur edim. Boshqa turli zarar kelmasligin vijdonim nomina ta’min etaman. Qo‘llarida bor narsalar haqinda marhamat qilub kaminani xabardor etsalar, adresim: Sobiq “Turkiston” no‘mralari 48 nchi xona (soat 3 dan so‘ng). — Source: https://wikisource.org/wiki/Xususiy_murojaat. Downloaded from uzbekai.com.